Ta`lim jarayonini avtomatlashtirish

“Smart universitet” loyihasi oliy ta’lim muassasalarining barcha o‘quv, ilmiy va boshqaruv jarayonlarini axborotlashtirishga qaratilgan.

“SMART universitet” yagona platformasini joriy etishning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
  1. Ta’lim sifatini oshirish.
  2. Oliy ta’lim muassasasining yagona axborot-ta’lim infratuzilmasini yaratish va yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish.
  3. O‘quv jarayonini boshqarish samaradorligini oshirish.
  4. Jarayonlarni avtomatlashtirish evaziga xodimlar faoliyatini yengillashtirish va axborotlarni olish va yig‘ish tezligini oshirish, ichki kommunikatsiya va xujjat almashish jarayonini tezlashtirish.

“SMART universitet” yagona platformasining asosiy vazifalari quyidagicha:
  1. Oliy ta’lim muassasasi tashkiliy tuzilmasi doirasida talabalar, xodimlar va o‘qituvchilarni shaxsiy ma’lumotlarini saqlash va muassasa kontingenti haqidagi axborotlarni ro‘yxatga olish.
  2. Shaxsiy, guruh va kompleks o‘quv rejalarini shakllantirish, o‘qituvchilarining o‘quv yuklamalarini rejalashtirish va yuritish, auditoriya fondlarining bandligini rejalashtirish va nazrat qilish.
  3. Oraliq va yakuniy baholash jarayonlarini tashkil etish.
  4. Talabalarning o‘quv va ilmiy faoliyatlarini nazorat qilish, o‘quv jarayonida ularning tayyorgarligini nazorat qilib borish va ilmiy loyihalarga jalb etish, talabalarning muassasa bilan moliyaviy aloqalarini nazorat qilish, o‘qishdan tashqari tadbirlarga talabalarni jalb etish.
  5. Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash va monitorinigini yuritish.
  6. Barcha turdagi (toifadagi) tahliliy ma’lumotlarni yaratish va zarur hisobotlarni shakllantirish.

“SMART universitet” yagona platformasining asosiy foydalanuvchilari :
  • ma’muriyat;
  • o‘qituvchilar va xodimlar;
  • talabalar va ularning ota - onalari;
  • ish beruvchilar hisoblanadi.

Agar siz xatolik topgan bo’lsangiz iltimos matnni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Sayt xaritasi

Xatolik haqida xabar berish

Bizning redaktorlaga yuboriladigan matn:

Click to listen highlighted text!