Yuneskoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

  • Hamkorlik natijasida onlayn o‘qitish kurs (mooc.edu.uz) platformasi joriy etildi.
  • Platformaning asosiy vazifasi masofadan turib ta’limni amalga oshirishga qaratilgan.
  • Ushbu platforma oliy ta’lim muassasalarining kechki va sirtqi bo‘lim talabalarini o‘qitishga yo‘naltirildi.
  • Natijada sirtqi bo‘lim talabalarini asosiy ish joyidan ajralmagan holda o‘quv rejasidagi barcha fan dasturlarida belgilangan bilimlarni mustaqil tarzda masofadan turib o‘zlashtirish imkoniyati yaratildi.
  • Sirtqi va kechki ta’limga masofadan turib o‘qitish tizimini joriy qilinishi ta’lim kvotalarini ikki barobar oshirishga erishish imkonini beradi.

Niderlandiyaning “Elsevier” xalqaro nashriyoti

  • “SCOPUS” va “ScienceDirect” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari mahsulotlari uchun bitim imzolandi.
  • Hamkorlik natijasida mamlakatimiz olimlari uchun hech qanday xarajatlarsiz o‘zlarining ilmiy maqolalarini yuqori impakt-faktorga ega ilmiy jurnallarda chop etish imkoniyati paydo bo‘ldi.
  • Hamkorlikda “Ilm-fan – 2020” milliy rivojlanish Dasturi ishlab chiqildi.
  • “Ilm-fan – 2020” milliy rivojlanish Dasturidan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda ilmiy salohiyatni, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini yaratishdan iborat. “Elsevier” kompaniyasi “Ilm-fan – 2020” milliy rivojlanish Dasturida mamlakatimiz ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, olimlarning dunyo ilmiy reytingidagi o‘rnini ko‘tarish, respublika ilmiy jurnallarini “SCOPUS” va “ScienceDirect” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi tizimiga kiritish, yosh olim va doktorantlarga ilmiy maqolalar tayyorlash va ularni yuqori impakt-faktorga ega bo‘lgan ilmiy nashrlarda chop etishlariga ko‘maklashishni ko‘zda tutgan.

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ notijorat dasturi

  • Italiya universiteti xodimlari tomonidan tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, magistr va talabalari hamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlari uchun reabilitatsiya texnologiyalaridan foydalanish haqida mahorat darslari o‘tildi.
  • Darslar orqali reabilitatsiya sohasida jarohat va kasallikdan so‘ng harakatni qo‘llab-quvvatlovchi vazifalarini tiklashda biosensor, datchik va boshqa qurilmalardan foydalanishni qo‘llash yuzasidan xorij tajribasi o‘rganildi.
  • Tibbiyot yo‘nalishidagi 12 ta magistr talaba va 8 ta mutaxassis malaka oshirish va malaka o‘tash uchun Italiyaning Sannio universitetiga yuborildi. O‘z navbatida Sannio professor va talabalari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali o‘quv faoliyati bilan tanishdi.
  • Loyiha mablag‘lari hisobiga 4 ta hamkor oliy ta’lim muassasalari uchun kelgusi yilda xarid qilinishi lozim bo‘lgan laboratoriya va muassasa qurilmalari ro‘yxati belgilandi.
  • Reabilitatsiya va texnologiyalar sohasida yangi magistratura yo‘nalishi tashkil etildi.

Agar siz xatolik topgan bo’lsangiz iltimos matnni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Sayt xaritasi

Xatolik haqida xabar berish

Bizning redaktorlaga yuboriladigan matn:

Click to listen highlighted text!