Endi magistraturaga qabul ikki marta bo`ladi

Joriy o`quv yilidan boshlab davlat oliy ta`lim muassasalarida:➖magistraturaga qabul abiturientning bakalavriat diplom bali o`rtacha ko`rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo`yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi, mutaxassislik fanidan imtihon o`tkazilmaydi. Bunda magistraturaga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi.Qo`shimcha to`ldirishMagistraturaga qabul ikki marta amalga oshirilganda:avgust oyidagi qabul – navbatdagi o`quv yili uchun tasdiqlangan davlat granti va to`lov-kontrakt asosidagi kvotalar uchun;yanvar oyidagi qabul – yozda to`lmay qolgan o`rinlar hamda Davlat qabul komissiyasi tasdiqlangan kontrakt asosidagi qo`shimcha kvotalar uchun bo`ladi.
May 16, 2022

“Bir million o`zbek dasturchilari”

“Bir million o`zbek dasturchilari” dasturiga qo`shiling – bizning ochiq onlayn-platformamizdagi ajoyib bepul kurslar yordamida yuqori malakali dasturchiga aylaning! uzbekcoders.uz
April 18, 2022

DIQQAT!!! HURMATLI TALABALAR!

Toshkent shahridagi INHA universiteti tashabbusi bilan iqtidorli talaba va yoshlar tomonidan IT texnologiyalarni qo`llash, jamoada ishlash, marketing va tadbirkorlikka oid bilim va ko`nikmalarini rivojlantirish, yoshlarni zamonaviy texnologiyalar va Axborot kommunikatsiya texnologiyalariga qiziqishini oshirish maqsadida IT sohasi bo`yicha "Dasturlash" musobaqasi tashkil etildi.MUSOBAQA 3 TA YO`NALISHDAN IBORAT:1.Talabalar va ta’lim;2.Tadbirkorlik;3.Moliya sohasidagi texnologiyalar;Musobaqada IT va tadbirkorlikka qiziqishi bor bo`lgan O`zbekiston hududidagi o`quv muassasalarining (maktab, kollej, litsey, OTMlar) tinglovchilari qatnashishi mumkin.G`oliblar uchun sovrinlar sifatida zamonaviy kompyuterlar, IPad planshetlari hamda boshqa sovg`alar qo`yilgan, To`liq ma’lumotni https://contests.inha.uz/ saytidan olishingiz mumkin.
April 06, 2022

Oliy ta`lim tizimida raqamlashtirilgan loyihalar taqdimot qilindi

 Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi Elektron ta`lim markazi direktori Alisher Abdullaev “Raqamli Toshkent” vaziyatlar markazida mahalliy hokimliklar vakillari uchun Oliy ta`lim tizimini raqamlashtirish bo`yicha vazirlik tomonidan amalga oshirilgan loyihalar to`g`risida taqdimot qildi.  Taqdimotda:•  “Oliy ta`lim jarayonlarini boshqarish – HEMIS” axborot tizimini joriy etish va rivojlantirish;•  QR kodli to`lov-shartnoma va diplomni shakllantirish;•  Axborot tizimlarini joriy etish natijasida erishilgan iqtisodiy samaradorlik;•  2021 yilda joriy etilgan axborot tizimlari;•  2022 yilda joriy etilishi rejalashtirilgan loyihalar to`g`risida batafsil ma`lumot berildi. Bizni kuzatib boring
April 01, 2022

IT sohasiga qiziquvchi yoshlar diqqatiga

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazda dasturchi va “Tarmoq administratori” kurslariga qabul boshlandiDarslar haftasiga 3-marta 2 soatdan bo`lib, 6 oy davom etadi. Kurslar davomida siz faqat real loyihalar bilan ishlab, yakunda to`liq shaxsiy portfolio bilan Bosh ilmiy-metodik markaz tomonidan sertifikatga ega bo`lasiz. Telefon: +99871-202-01-15
March 30, 2022

Yagona identifikasiya tizimi — id.egov.uz`dan ro`yxatdan o`tish

 Ma`lumki, elektron hukumatning muhim tarkibiy qismlaridan biri – bu Yagona identifikasiya tizimi, ya`ni ONE ID hisoblanadi. Ro`yxatdan o`ting va elektron hukumatning barcha imkoniyatlaridan foydalaning! Your browser does not support the video tag. Foydalanuvchilar diqqatiga: Tizimning eski versiyasi — id.gov.uz saytidagi login va parolingiz orqali tizimning yangi versiyasiga (id.egov.uz) ham kirishingiz mumkin. Tizim bo`yicha savollaringiz bo`lsa yagona qo`llab-quvvatlash markaziga murojaat qiling: @iduzsupportBizni kuzatib boring
March 26, 2022

Oliy va professional ta`lim tizimidagi yangi vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlov e`lon qilindi

Your browser does not support the video tag. Oliy va professional ta`lim tizimidagi yangi vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlov e`lon qilindiOliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hududiy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlov e`lon qiladi: Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar www.vacancy.edu.uz  orqali ro`yxatdan o`tishlari, vakant bo`lgan lavozimga so`ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur. Yagona identifikasiya tizimi — id.egov.uz`dan ro`yxatdan o`tish bo`yicha videoqo`llanma
March 26, 2022

Ixtisoslashtirilgan umumta`lim kasb-hunar maktabida “Navro`z” bayrami nishonlandi

Mirzo Ulug`bek tumanidagi Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabida “Navro`z” bayrami o`tkazildi.Karnay-surnay sadolari ostida boshlangan mazkur bayram tadbiriga kasb-hunar maktabi o`quvchilari, O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat institutining fol`klor jamoasi hamda  o`zbek milliy estrada yo`nalishida ijod qilib kelayotgan bir qancha taniqli san`atkorlar tashrif buyurishdi. Mehmonlar bahor bayrami nafasi ufurib turgan binoga kirishi bilanoq, ikki yonda o`quvchilar tomonidan yaratilgan turli ijodiy va milliy hunarmandchilik namunalaridan iborat ko`rgazmaga duch kelishdi. Jumladan, rastalarda milliy hunarmandchilik namunalaridan — to`quvchilik, tikuvchilik, so`zana, kosiblik, qo`lda yaratilgan teleradio qurilmalari, bundan tashqari, maishiy xizmat ko`rsatish jihozlari, milliy va zamonaviy uslubda tikilgan kiyim-kechaklar, poy`abzallar, rang-barang jimjimador toshlar-u marjonlar bilan yasalgan ikubanalar namoyish etildi. Hayratlanarlisi, o`quvchilar imkoniyati cheklangan bo`lishiga qaramasdan, aslida ularning katta yurak va nozik did sohiblari ekanligi, qalblarining bir burchida hayotga bo`lgan muhabbat, bilim va hunar egallashga nisbatan qiziqish, bir so`z bilan aytganda, kelajakka teran boqib, oliy ezgu maqsadlar sari intilish ular yaratgan san`at asarlarida mujassam edi.  Badiiy-havaskorlik va professional jamoalarning chiqishlari, o`quvchilar tomonidan ijro etilgan “Kelin salom”-u laparlar, el ardog`idagi san`atkorlar tomonidan ijro etilgan klassik qo`shiqlar va xalqchil raqslar esa bayram ishtirokchilariga madaniy hordiq ulashdi.  “Bayram” dasturi boshidan yakuniga qadar imkoniyati cheklangan o`quvchilar uchun maxsus surdo tilida yetkazib turildi.
March 20, 2022

Abituriyentlar va ularning ustozlari uchun ajoyib Telegrambot!

Abituriyentlar va ularning ustozlari uchun ajoyib Telegram-bot! Keyingi o`quv yiliga qabul yaqinlashgani sari fuqarolar, xususan abiturientlar va ularning ustozlarini ayni savollar juda ko`p qiynaydi. O`tgan yili o`tish bali necha bo`lgan? Yo`nalishlar bo`yicha-chi? Balim yetadigan yo`nalishni qanday topsam bo`ladi? Men tanlagan yo`nalishda o`zi qaysi fanlardan imtihon bo`ladi? Endi yuqoridagi savollarga oson javob olishingiz mumkin. Xo`sh, nima qilish kerak? 1. Avvalo, @Mandat_2022bot’ga kiring; 2. O`zingizga kerakli bo`limni tanlang; 3. To`liq ma`lumotga ega bo`ling. Tanlagan sohangizga mos yo`nalishlar haqida to`liq ma`lumot oling. Zero, to`g`ri tanlov muvaffaqiyat garovidir. Eslatma: Bot imkoniyatlari cheksiz! @Mandat_2022bot orqali 2021/2022 o`quv yilida Davlat test markazi tomonidan o`tkazilgan kirish imtihonlari natijalarini o`zingizga qulay shaklda (ballar, yo`nalishlar, oliygohlar kesimida) olishingiz mumkin. @mandat_2022bot Botdan foydalanish mutlaqo bepul!
March 17, 2022