Yangiliklar
“Huquq maktabi” mobil ilovasi bilan Konstitutsiya bo‘yicha bilimlaringizni oshiring
Adliya vazirligi tomonidan “Huquq maktabi” mobil ilovasi ishlab chiqildi. Unda yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha onlayn o‘quv kurslari tashkil qilingan bo‘lib, mazkur kurs yakuni bo‘yicha elektron sertifikat berish yo‘lga qo‘yilgan.
Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling!
Telegram: @raqamli_talim_markazi
Instagram: @raqamli_talim_markazi
Facebook: @raqamlitalimmarkazi
Talabalarga stipendiya tayinlash jarayoni raqamlashtirildi
📂 “UzASBO” DM, “HEMIS”, “Billing” va Ijtimoiy himoya milliy agentligining tegishli axborot tizimlari o‘zaro integratsiya qilinib, talabalarga moddiy yordam va stipendiya tayinlash jarayonlari to‘liq raqamlashtirildi.
📂 Talabalarning to‘lov-shartnoma ma’lumotlari, oxirgi semestr yakuni bo‘yicha fanlardan olgan baholari hamda moddiy rag‘batlantirish olishga asos bo‘luvchi imtiyozlarini aniqlashda inson omili aralashuviga chek qo‘yilib, ma’lumotlarni avtomatik aniqlash yo‘lga qo‘yildi.
📣 Shuningdek, tegishli hujjatlarni, jumladan, stipendiya komissiyasi yig‘ilish bayoni va buyruqlarni “HEMIS” axborot tizimida elektron hisobini yuritish tartibi joriy qilindi.
⌨️ Natijada nazorat darajasi yanada kuchaytirilib, stipendiya tayinlash jarayonlarining shaffofligi ta’minlandi.
ℹ️ Ma'lumot uchun, bugungi kungacha “HEMIS” va “Billing” axborot tizimlari orqali 100 dan ortiq oliy ta’lim muassasalarining 300 mingdan ortiq talab
Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling!
Telegram: @raqamli_talim_markazi
Instagram: @raqamli_talim_markazi
Facebook: @raqamlitalimmarkazi
Markazda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-957-son qonuni bo'yicha targʻibot jarayoni olib borildi.
Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazida “Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-957-sonli O‘zbekiston Respublikasining qonuni mohiyatini tushuntirish maqsadida targʻibot jarayoni olib borildi.
Mazkur qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari hamda ta’lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilishi zarur bo'lgan vazifalari to'g'risida tushunchalar berildi.
Shuningdek nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha vakolatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘rtasida taqsimlanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilganligi bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Tanishing Saidov Jasur - Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazida Korporativ tarmoqni boshqarish va axborot xavfsizligi bo‘limi boshlig'i sifatida faoliyat olib boradi.
Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling!
Telegram: @raqamli_talim_markazi
Instagram: @raqamli_talim_markazi
Facebook: @raqamlitalimmarkazi
Talabalarga barcha muhim xizmatlarni bir joyda taqdim etish markazi — “Registrator ofisi”
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida talabalarga xizmat ko‘rsatish va akademik faoliyatni takomillashtirish maqsadida “Registrator ofisi” yo‘lga qo‘yildi.
📌Asosiy maqsad:
➡️Talabalarga barcha ma’muriy va akademik xizmatlarni yagona markazda taqdim etish;
➡️O‘quv jarayonini soddalashtirish va qulaylik yaratish;
➡️Masalalarni tezkorlik bilan hal qilish orqali xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish;
📌 Bugungi kunda markazda talabalarga 60 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Bu esa universitetdagi ta’lim jarayonining yanada samarali va shaffof bo‘lishiga xizmat qiladi.
Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling!
Telegram: @raqamli_talim_markazi
Instagram: @raqamli_talim_markazi
Facebook: @raqamlitalimmarkazi
O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga lavozim va malaka toifalarini berishga ariza topshirish davom etmoqda.
✅ Arizalarni joriy yilning 01-mart soat 23:59 ga qadar pedagog.edu.uz saytidan yuborishingiz mumkin.
📹 Video qo'llanma
Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling!
Telegram: @raqamli_talim_markazi
Instagram: @raqamli_talim_markazi
Facebook: @raqamlitalimmarkazi
Raqamli kelajak sari birinchi qadamni qo‘ying!
🔺 IT sohasida o‘qiyapsizmi? Yoki yangi imkoniyatlar izlayapsizmi?
Unda 20-fevral soat 15:00 da bo‘lib o‘tadigan onlayn ochiq muloqot aynan Siz uchun!
Muloqotda nimalar muhokama qilinadi?
IT sohasida o‘qish va rivojlanish yo‘llari;
Qizlar uchun ITga kirish va qo‘llab-quvvatlash dasturlari;
Yosh dasturchilar uchun yirik loyihalar:
✅ “Bir million o‘zbek dasturchi” – dasturlashni bepul o‘rganish imkoniyati
✅ ICPC Uzbekistan – eng kuchli talabalar olimpiadasi
✅“President Tech Awards” – eng iqtidorli IT yoshlariga mukofotlar
✅Mirzo Ulug‘bek vorislari – ta’lim va ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash
✅“JOB& EDU FEST” – ish topish va o‘qish uchun eng yaxshi platforma
✅ “MAAB open source” – ochiq kod va innovatsiyalar maydoni
✅“UzGeeks Meetup” – IT jamoasi bilan tanishing va networking qiling
🎙 Ekspertlardan bevosita maslahat olish va o‘z savollaringizni berish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Jonli efirni quyidagi havolalar orqali kuzatib boring:
🎞 youtube.com
💬 Facebook.com
Professional ta'lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi haqida
Jahongir Uzaqov - Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazida Axborot tizimlarini loyihalashtirish va ishlab chiqish bo‘limi bosh mutaxassisi sifatida faoliyat olib boradi.
Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling!
Telegram: @raqamli_talim_markazi
Instagram: @raqamli_talim_markazi
Facebook: @raqamlitalimmarkazi
Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyaga taklif qilamiz!
🎙Bu shunchaki konferensiya emas – bu akademik kelajakka AI bilan yo‘l ochish imkoniyati! Siz ham qatnashing!
🔅Mavzu: “Ilmiy mukammallik uchun sun’iy intellekt: tadqiqot, yozuv va pedagogika” (Advanced AI for Academic Excellence: Research, Writing, and Pedagogy).
💡 Sun’iy intellekt akademik faoliyatni qanday inqilob qilmoqda?
🔄 Ilmiy tadqiqot, yozuv va ta’limda AI imkoniyatlarini qanday qo‘llash mumkin?
🤖 Ilm-fan va innovatsiyaga AI qanday yangi eshiklar ochmoqda?
Ushbu konferensiyada sizni:
✔️ Zamonaviy ilmiy texnologiyalar bilan tanishish;
✔️ AI yordamida ilmiy yozuv va tadqiqotni takomillashtirish;
✔️ Tajribali mutaxassislar va yetakchi olimlardan eksklyuziv maslahatlar kutmoqda.
📆 Sana: 27-fevral
⏰ Vaqt: 19:00
🤝Qatnashish: Online (Zoom)
🎤 Taqdimotchilar:
💬 Dr. Dorota Sylwia Majewicz (Polsha) – Sun’iy intellekt va akademik innovatsiyalar bo‘yicha ekspert;
💬 Mohira Alibekova (O‘zbekiston) – Pedagogika va ilmiy yozuv bo‘yicha mutaxassis.
📌 Tashkilotchi:
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi.
📩 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📧 Email: info@mahorat.org
🔗 Konferensiyaga qo‘shiling:
📌 Zoom havolasi