Yangiliklar
Vazirlik tizim tashkilotlari hamda oliy ta`lim muassasalarining yuridik xizmat va kadrlar bo`limi xodimlari uchun seminar tashkil etildi
Vazirlik tizim tashkilotlari hamda oliy ta`lim muassasalarining yuridik xizmat va kadrlar bo`limi xodimlari uchun seminar tashkil etildiUnda mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishini ta`minlash, tasarrufdagi oliy ta`lim muassasalari, texnikumlar va tizim tashkilotlarida ish beruvchi va xodimlar o`rtasidagi mehnat nizolarining oldini olish, mehnat qonunchiligini qo`llash bo`yicha vazirlik tizimida yagona amaliyotini shakllantirish masalalari muhokama qilinib, 2023-yil 30-apreldan kuchga kirgan Mehnat kodeksini amaliyotda qo`llash yuzasidan muhim ma`lumotlar berildi.Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/10568
“MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” onlayn olimpiadasi o`tkazilmoqda
“15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o`rtasida “MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” onlayn olimpiadasi o`tkazilmoqda.Tanlov ikki bosqichda bo`lib o`tadi:1-bosqich 2024-yil 6-mart kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining olimpiada.edu.uz elektron tizimida ro`yxatdan o`tgan talabalar o`rtasida test savollari;2-bosqich 2024-yil 12-mart kuni test natijalaridan saralab olingan 16 nafar talabalar bilan onlayn savol-javob tarzida amalga oshiriladi.G`oliblarni qimmatbaho sovg`alar kutmoqdaEhtimoliy test savollarini Qo`mitaning @RaqobatGovUz Telegram kanalida kuzatib boring.Batafsil ma’lumot:raqobat.gov.uz (71) 207-47-00 (321)
KONTRAKT, YOTOQXONA VA QAYTA O`QISH UCHUN TO`LOVLARINI MOBIL ILOVALAR ORQALI TO`LANG!
Buning uchun mobil ilovada "To`lovlar" sahifasiga kiring.1. "Ta`lim" bo`limidan "OTM shartnoma to`lovi"ni tanlang.2. To`lov turidan "Kontrakt, Yotoqxona yoki kredit modul to`lovi" bandini tanlang va JSHSHIR raqamingizni kiriting.3. To`lov summasini kiriting hamda to`lovni amalga oshiring.Bunda shartnoma miqdori, to`langan summa va qarzdorlikni ham ko`rishingiz mumkin bo`ladi. Ma`lumotlar kontrakt.edu.uz platformasidan olinadi. Mobil ilovalar orqali talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to`lov qilishlari mumkin.Shuningdek, kontrakt.edu.uz tizimida qayta o`qish uchun ariza berilganda o`zlashtirilmagan fanlar to`g`risidagi ma`lumotlar avtomatik ravishda Hemis (http://hemis.uz/) dasturidan olinadi.
Jahon banki bilan oliy va professional ta’lim sohasiga doir ikki yangi loyiha ishga tushiriladi
13-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo`ng`irotboy Sharipov Jahon bankining Mintaqaviy direktori Mixal Rutkovski boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda tomonlar oliy va professional ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish va ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini yanada yaxshilash uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalasini muhokama qildilar.Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6435
pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat qabul qilish yo`lga qo`yildi.
O`rta maxsus va professional ta`lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o`tkazish va ularga malaka toifa berish bo`yicha pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat qabul qilish yo`lga qo`yildi.pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (One ID)dan ro`yxatdan o`tish (https://t.me/eduuz/19532) talab etiladi.Eslatma: Belgilangan tartibga ko`ra (https://lex.uz/docs/5641270), pedagog kadrlardan hujjatlar qabul qilish joriy yilning 1-mart sanasida to`xtatiladi.Attestatsiya jarayonlari yuzasidan savollar uchun bot:@pedagog_supportbot
KREDIT MODUL TIZIMIDA QAYTA O`QISH UCHUN TO`LOVLARINI CLICK MOBIL ILOVASI ORQALI TO`LANG!
Buning uchun Click mobil ilovasida "To`lovlar" sahifasiga kiring.1. "Ta`lim" bo`limidan "OTM shartnoma to`lovi"ni tanlang.2. To`lov turidan "Kredit modul to`lovi" bandini tanlang va JSHSHIR raqamingizni kiriting.3. To`lov summasini kiriting hamda to`lovni amalga oshiring.Bunda shartnoma miqdori, to`langan summa va qarzdorlikni ham ko`rishingiz mumkin bo`ladi. Ma`lumotlar kontrakt.edu.uz platformasidan olinadi. Click mobil ilovasi orqali talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to`lov qilishlari mumkin.Shuningdek, kontrakt.edu.uz tizimida qayta o`qish uchun ariza berilganda o`zlashtirilmagan fanlar to`g`risidagi ma`lumotlar avtomatik ravishda Hemis (http://hemis.uz/) dasturidan olinadi.
Xitoyning “ULearning” kompaniyasi bilan ta`limni raqamlashtirish borasida hamkorlikka erishildi
Xitoyning Shenjen shahridagi Huawei korporatsiyasi bosh ofisida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi Bobur Rahimov hamda “ULearning” kompaniyasi bosh direktori Christina Ng Siok Har o’rtasida uchrashuv o’tkazildi. Unda Huawei korporatsiyasi va “ULearning” kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan “Aqlli ta’lim” konsepsiyasi hamda usbu konsepsiyaning tarkibiy qismi bo’lgan “Ulearning” ta’lim jarayonini boshqarish tizimi (LMS) imkoniyatlari haqida fikr almashildi.
Siz Talabamisiz? Yotoqxonada turasizmi?
Endi, yotoqxona to`lovini onlayn to`lashingiz mumkin. To`lovlarini "Zoomrad" yoki "Click" mobil ilovasi orqali amalga oshiring!Buning uchun mobil ilovadagi "To`lovlar" sahifasiga kiring.1. "Ta`lim" bo`limidan "OTM shartnoma to`lovi"ni tanlang.2. To`lov turidan "Yotoqxona to`lovi"ni tanlang va JSHSHIR raqamingizni kiriting.3. To`lov summasini kiriting va to`lovni amalga oshiring.Agar sizning ma`lumotlaringiz to`lov tizimlaridan topilmasa, tahsil olayotgan oliy ta`lim muassasangizdagi "Talabalarni turar joy bilan ta`minlash" bo`limiga murojaat qilishingiz mumkin!
Talabaga hisoblangan stipendiyalar haqida my.gov.uz portali orqali ma`lumot olish imkoniyati yaratildi.
Buning uchun my.gov.uz portaliga (https://my.gov.uz/oz/service/963) kiring! "Ta`lim" bo`limidan "Stipendiya haqida ma`lumot (https://my.gov.uz/oz/service/963)" xizmatini tanlang.Kerakli davrni tanglang va ushbu davr bo`yicha hisoblangan stipendiyalar haqidagi ma`lumotga ega bo`ling.Shuningdek, ushbu xizmatdan talabalar HEMIS axborot tizimi (https://t.me/my_edu_uz/108)orqali ham foydalanishlari mumkin.Eslatma: Ushbu xizmat faqat hozirda tahsil olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan. O`qishni tugatgan yoki talaba bo`lmagan shaxslar uchun stipendiya ma`lumotlari mavjud emas.Stipendiya ma`lumotlari Iqtisodiyot va moliya vazirligining UzASBO tizimi orqali olinmoqda.