Ta'lim muassasalarida elektron ta'limni joriy etish markazi

Markaz haqida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi 2012 yil 25 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 228-son Qarori asosida tashkil topgan.
Markaz oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yuqori texnologik darajada o‘quv jarayonini tashkil etish uchun elektron o‘quv-metodik va axborot-kutubxona resurslari hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi tashkilot hisoblanadi. Markazning asosiy vazifasi masofadan turib o‘qitishni tashkil qilish, oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayonlarini avtomatlashtirish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida interaktiv xizmatlarini joriy qilishdan iborat. Markaz faoliyati axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim tizimiga keng joriy qilish, mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish, o‘quv va boshqaruv jarayonini shaffofligini ta’minlash, professor-o‘qituvchilar faoliyatidagi ko‘p takrorlanadigan harakatlarni qisqartirish orqali vaqtni to`g`ri va samarali tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega. Butun dunyoda elektron ta’limni joriy qilish bo‘yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi davrda ta`lim tizimiga elektron ta'limni joriy qilish mamlakatimizda ta’lim sifatini rivojlangan davlatlar oliy o‘quv yurtlarining darajasiga olib chiqish hamda zamon bilan tengma-teng odimlash uchun ham dolzarb hisoblanadi.

Markaz vazifalari

  • “Elektron ta’lim” milliy tizimining ma’muri va boshqarish funksiyasini amalga oshirish;
  • oliy va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan videokonferens-aloqa va masofadan o‘qitish metodlaridan foydalangan holda o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish;
  • oliy va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining “Elektron ta’lim” milliy tizimi axborot-ta’lim resurslaridan erkin foydalanishini ta’minlash;
  • oliy va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tashkil etiladigan va “Elektron ta’lim” milliy tizimiga kiritiladigan elektron metodik komplekslar va boshqa ta’lim resurslariga yagona talablarni ishlab chiqish;
  • oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari pedagoglari uchun o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • ta’lim jarayonida kompyuter uskunalaridan foydalanishning samaradorligini tahlil qilish va monitoring olib borish, oliy va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining kompyuter va kommunikatsiya vositalarini yangilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • “Ta’lim” axborot tizimlari majmuasining oliy ta’lim qismini ishlab chiqish, joriy etish va qo‘llab-quvvatlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytini takomillashtirish.


Fotolavhalar

15

Tizimlar


Markaz tomonidan ishlab chiqilgan va hozirgi kunda ta'lim muassasalarida foydalanib kelinayotgan tizimlar.
90

Muassasalar


Markaz tizimlaridan foydalanayotgan barcha muassasa va tashkilotlar soni
89

Loyihalar


...
6yil

Ish faolioyati


Mrakaz 2012-yildan buyon faoliyat ko'rsatib kelmoqda.


Markaz faoliyati yo'li

Tashkil etilganligidan so'ng bo'lib o'tgan muhim voqealar xronologiyasi.
  • 2012-yil 25-iyulTashkil etildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 25 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazini tashkil etish to‘g‘risida” 228-son Qarori asosida
  • 2016-yil 6-yanvarO'zgartirildi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 6-yanvardagi "“O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2012 yil 25 iyuldagi 228-son qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida" 4-son Qarori asosida

Agar siz xatolik topgan bo’lsangiz iltimos matnni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Sayt xaritasi

Xatolik haqida xabar berish

Bizning redaktorlaga yuboriladigan matn:

Click to listen highlighted text!