Ko'p beriladigan savollar

HEMIS axborot tizimi sizning ta'lim muassasangizga shartnoma asosida o'rnatib beriladi. Shartnoma shartlariga muvofiq texnik xizmatlar ham ko'rsatib boriladi.

Taʼlim muassasalarida elektron taʼlimni joriy etish markazida HEMIS axborot tizimi boʼyicha oʼquv kurslari tashkil etilgan boʼlib, ushbu kurs mobaynida malakali mutaxassislar tomonidan tizimdan qanday foydalanish kerakligi haqida batafsil tushuncha beriladi.

Oʼquv kurslari markaz oʼquv xonasida boʼlib oʼtadi hamda kurs mobaynida har bir tinglovchi kompyuter bilan taʼminlanadi. Darslar har bir tinglovchiga individual yondashgan holda oʼtib beriladi. Tizimning har bir funksiyasi ham nazariy ham amaliy oʼrgatiladi. Oʼquv kursi soʼngida har bir tinglovchiga sertifikat taqdim etiladi.

Web-portal yoki Axborot tizimi yaratishda narxlar ushbu tizimlarning qanday funksiyalarga ega bo'lishidan kelib chiqqan holda belgilanadi.