iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda


January 21, 2025

blog-details-img
iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning: - tinglab tushunish; - o‘qish; - grammatika; - yozish; - gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. Mazkur imtihon uchun talabgorlar 10-fevralga qadar ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service Imtihon 12-fevral kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) o‘tkaziladi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi. iTEP uchun mock test www.iteptest.com @bba_ilmiy_markaz (95) 515-68-68