Batafsil
Qonunchilik yangiliklari
May 05, 2025

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va
tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo`linmalari mustaqilligini
ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
to`g`risida”gi qarori (PQ–147-son, 21.04.2025-y.) mazmun-mohiyatini keng
yoritishga qaratilgan
ANNOTATSIYA
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va
tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo`linmalari mustaqilligini
ta`minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav
kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo`lgan xo`jalik
jamiyatlaridagi korrupsiyaga qarshi
ichki nazorat bo`linmalarining ustuvor vazifalari etib quyidagilar
belgilandi, jumladan:
ü korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, ularga
imkon beruvchi sabab va
shart-sharoitlarni bartaraf etish;
ü davlat xizmatlarini ko`rsatishda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish,
maishiy korrupsiyaning oldini olish, shu jumladan, raqamlashtirish, byurokratiyani qisqartirish bo`yicha takliflar
ishlab chiqish;
ü idoraviy normativ-huquqiy
hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o`tkazish va yakunlari bo`yicha aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bekor qilish
bo`yicha taklif kiritish.
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo`linmalari o`z faoliyatida bevosita
tashkilotning birinchi rahbariga
bo`ysunadi va uning oldida hisobdor bo`ladi.
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo`linmalarini tashkil etishning
minimal mezonlari tasdiqlandi.
Qarorga ko`ra, 2027-yil
1-yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida quyidagilarni nazarda tutuvchi
tizim joriy etiladi:
v Sog`liqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi
vazirligi, Suv xo`jaligi vazirligi, “O`zbekneftgaz” AJ hamda “O`zsuvta’minot”
AJning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo`linmalari rahbari lavozimiga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(Agentlik) xodimlari tayinlanadi;
v eksperiment o`tkaziladigan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki
nazorat bo`linmalari rahbarlari bevosita Agentlikka
bo`ysunadi;
v eksperiment o`tkaziladigan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki
nazorat bo`linmalari faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring
qilish Agentlik hamda eksperiment o`tkaziladigan tashkilotlar tomonidan
birgalikda amalga oshiriladi.
Agentlik davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki
nazorat bo`linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy ta’minlash,
ularning xodimlarini stajirovka va attestasiyadan o`tkazish hamda malakasini
oshirish bo`yicha maxsus vakolatli organ
etib belgilandi.
2025-yil 1-iyulgacha “E-anticor.uz” da ichki nazorat bo`linmalari rahbarlari va xodimlarining
elektron reestrini yuritish, hisobotni elektron taqdim etish, anonim so`rovnomalar
o`tkazib e’lon qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushiriladi.