IT sohasida o‘z o‘rnini topmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun imkoniyat!


May 06, 2025

blog-details-img
Iqtisodiyot va moliya vazirligi IT yo‘nalishini tamomlayotgan yoki ushbu sohaga qiziqishi bo‘lgan talabalarni “IT Career Event – 2025” tadbirida ishtirok etishga taklif qiladi.

Tadbirdan asosiy maqsad bitiruvchi talabalarni bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilish, ularni amaliyotga yo‘naltirish va rag‘batlantirish.

📌 Tadbir doirasida:
• IT sohasida kadrlar bilan ishlash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilinadi;
• iqtidorli talabalarni vazirlik va uning tarkibiy tuzilmalaridagi IT bo‘limlariga amaliyotga jalb qilish imkoniyatlari taqdim etiladi;
• moliya tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarda fikr almashiladi.

Bundan tashqari, “IT Career Event – 2025” doirasida 3 ta yo‘nalish bo‘yicha tanlov (test sinovlari) o‘tkaziladi:
➡️Software
➡️Hardware
➡️Analytic

🏆 Har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 nafar g‘olib aniqlanadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
1️⃣-o‘rin – noutbuk;
2️⃣-o‘rin – smartfon;
3️⃣-o‘rin – smart soat.

📌 Testdan va ro‘yxatdan o‘tish: itc.imv.uz

🗓️ Sana: 2025-yil 7-may, soat 10:00

📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyi, Toshkent, Mustaqillik shoh koʻchasi, 2 (Mustaqillik maydoni)

Qo‘shimcha maʼlumot uchun:
+998900081070
+998977473880
+998971030383