“MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” onlayn olimpiadasi o`tkazilmoqda


February 27, 2024

blog-details-img
 “15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o`rtasida  “MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” onlayn olimpiadasi o`tkazilmoqda.

Tanlov ikki bosqichda bo`lib o`tadi:

1-bosqich 2024-yil 6-mart kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining olimpiada.edu.uz elektron tizimida ro`yxatdan o`tgan talabalar o`rtasida test savollari;

2-bosqich 2024-yil 12-mart kuni test natijalaridan saralab olingan 16 nafar talabalar bilan onlayn savol-javob tarzida amalga oshiriladi.

G`oliblarni qimmatbaho sovg`alar kutmoqda

Ehtimoliy test savollarini Qo`mitaning @RaqobatGovUz Telegram kanalida kuzatib boring.

Batafsil ma’lumot:
raqobat.gov.uz 
(71) 207-47-00 (321)