Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar 1-iyunga qadar qabul qilinadi


May 03, 2024

blog-details-img
Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar 1-iyunga qadar qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2024-yil 3-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlan). 

Hujjatlar joriy yilning 1-iyunga qadar qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo`yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.

Ma’lumot uchun, yuborilgan hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkilot tomonidan ko`rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.

Eslatma: Mustaqil izlanuvchilik(PhD, DSc)ga til sertifikati talab etilmaydi.