Batafsil
Vazir: Liderlik – bu odamlarni yangi marralarga ilhomlantirish, ularga yo`l ko`rsatish va imkoniyat yaratishdir
December 21, 2024
21-dekabr kuni Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo`ng`irotboy Sharipov Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida ikki yuzdan ortiq oliy ta`lim muassasalari yoshlar yetakchilari bilan uchrashib, ularning rahbarlik va tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot qildi.
Uchrashuv davomida vazir yoshlar yetakchilarining mas`uliyatli vazifalarini ta`kidlab, ularning talabalar iqtidorini namoyon qilish, rahbarlik qobiliyatini shakllantirish va soha rivojiga hissa qo`shishdagi ahamiyatini qayd etdi.
Vazir o`z nutqida shunday dedi: “Liderlik – bu odamlarni yangi marralarga ilhomlantirish, ularga yo`l ko`rsatish va imkoniyat yaratishdir. Sizning yetakchilik sifatlaringizni rivojlantirish uchun har bir imkoniyatdan foydalaning. Muvaffaqiyat faqat katta yutuqlar bilan o`lchanmaydi, balki qat`iyatli va maqsadli kichik qadamlar orqali ham katta o`zgarishlar yaratish mumkin”.
Uchrashuv yoshlarni ilhomlantirish va kelajakda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo`shadigan rahbar kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladigan muhim tashabbus bo`ldi.