Respublika bo‘ylab dual ta’lim bo‘yicha o‘quv seminarlari o‘tkaziladi


February 03, 2025

blog-details-img
2025-yil 3-27-fevral kunlari tuman va shaharlarda dual ta’lim tizimini ish beruvchilarga tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminarlari tashkil etiladi.

🗣Seminarlarning asosiy maqsadi:
✅ Dual ta’lim tizimini ish beruvchilarga tushuntirish;
✅Kasbiy ta’lim tashkilotlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash;
✅ Ish beruvchilarning malakali kadrlar tayyorlash jarayonida ishtirokini kengaytirish.

📌Seminarlarda kimlar qatnashadi?
🟢Hokimliklar vakillari
🟢Texnikum direktorlari
🟢Ish beruvchilar
🟢Mutaxassis va ekspertlar

✅ Dual ta’lim – malakali kadrlar tayyorlashning zamonaviy yondashuvi!