Batafsil
Jizzaxda yoshlar texnoparki faoliyati yo‘lga qo‘yildi
March 11, 2025

Texnoparkning tantanali ochilish marosimida Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Savurbayev, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i hamda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, talabalar, OAV xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Ma’lumot uchun, texnopark yiliga 500 nafar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlarni veb-dasturlash, robototexnika, 3D modellashtirish, grafik dizayn, veb-dizayn, mexatronika, startaplar bilan ishlash kabi 10 dan ortiq yo‘nalishlarda o‘qitish imkoniga ega.
Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling!
Telegram: @raqamli_talim_markazi
Instagram: @raqamli_talim_markazi
Facebook: @raqamlitalimmarkazi