TATUda raqamli texnologiyalar bo‘yicha Rektor kubogiga start berildi


March 17, 2025

blog-details-img
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalarining iqtidorini namoyish etish va rivojlantirish, iste’dodini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida mukofot jamg‘armasi 150 million so‘m bo‘lgan "REKTOR KUBOGI" tanloviga start berildi.

Ushbu musobaqa 5 ta yo‘nalishni o‘z ichiga olgan:
1) Dasturlash bo‘yicha jamoaviy musobaqa;
2) CTF kiberxavfsizlik olimpiadasi;
3) Dronlar musobaqasi;
4) "UNICORN-AI Startup" jamoaviy tanlovi;
5) "Robototexnika" bo‘yicha musobaqalar.

Shuningdek, 28-mart kuni 8 ta sovrinli yo‘nalish bo‘yicha talabalarning "Kelajak texnologiyalari" ilmiy-innovatsion ishlanmalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, bugungi kunda 2000 ga yaqin arizalar mavjud bo‘lib, bu talabalarning musobaqalarga bo‘lgan yuqori qiziqishi va faolligidan dalolat beradi.

Tadbir ko‘nikmalarni namoyish etish va istiqbolli kadrlarni aniqlash maydoniga aylanadi, bu esa ularning keyingi ta’lim olishi va nufuzli ishga joylashishlariga ko‘maklashadi.

Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling!

Telegram: @raqamli_talim_markazi
Instagram: @raqamli_talim_markazi
Facebook: @raqamlitalimmarkazi