Batafsil
O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi
March 17, 2025


📂 Grant olish uchun talabgorning joriy o‘quv yilidagi o‘zlashtirish darajasi kamida GPA 3.5 bo‘lishi kerak. Agar talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bu mezondan past bo‘lsa, u grantlarning tabaqalashtirilgan taqsimotida ishtirok eta olmaydi va ushbu grant o‘rni vakant qoladi.
📂 Talabgorlar oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishi va o‘z yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni yuklashi mumkin.
Baholash quyidagicha amalga oshiriladi:
➡️ O‘zlashtirish (80 ball): GPA 16 ga ko‘paytiriladi
➡️ Ijtimoiy faollik (20 ball): Ko‘rsatkich 5 ga bo‘linadi
ℹ️ Agar tanlov natijalari teng chiqsa, akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ustun qo‘yiladi. Agar bu ham teng bo‘lsa, mutaxassislik fanlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.
📣Grant oluvchilar ro‘yxati har yili 25-avgustgacha OTM veb-saytida e’lon qilinadi.
Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling!
Telegram: @raqamli_talim_markazi
Instagram: @raqamli_talim_markazi
Facebook: @raqamlitalimmarkazi