Batafsil
Endi talabalar shartnoma to`lovlarini onlayn to`lashlari ham mumkin
November 24, 2022
Buning uchun “Aloqabank”ning “Zoomrad” to`lov tizimi orqali JSHSHIR raqami hamda shartnoma summasini kiritgan holda to`lovni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Bunda shartnoma bo`yicha qarzdorlikni ham ko`rishingiz mumkin.
Buning uchun:
Zoomrad ilovasini smartfoningizga yuklab oling;
plastik kartangizni Zoomrad ilovasiga sozlang;
“OTM shartnoma” to`lovi xizmatini tanlang;
Passport va JSHSHIR raqamingizni kiriting.
kontrakt.edu.uz orqali shartnoma olgan talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to`lov qilishlari mumkin.
Dasturning o`zi ta’lim muassasasi va shartnoma to`g`risidagi barcha kerakli ma’lumotlarni topadi.