150 mingdan ortiq elektron resursga ega yagona elektron kutubxona yaratildi


November 30, 2022

blog-details-img
Endi unilibrary.uz platformasi orqali talabalar respublikamizning barcha davlat oliy ta`lim muassasalari kutubxonalaridagi o`quv adabiyotlar hamda ilmiy nashrlaridan onlayn foydalanishlari mumkin.

 Platformada:

 o`quv adabiyotlar; 
 ilmiy maqolalar;
 monografiyalar;
 dissertatsiyalar; 
 avtoreferatlar

va boshqa shu kabi 150 mingdan ortiq elektron resurslar jamlangan. 

 Shuningdek, hozirda oliy ta`lim muassasalari tomonidan adabiyotlarni raqamlashtirish hamda ushbu platformaga joylashtirish davom etmoqda.