Ta’lim-fan jamoatchilik kengashi a’zoligiga nomzodlar ochiq ovoz berish orqali aniqlanadi


February 11, 2023

blog-details-img
Ma’lumki, Ta’lim-fan jamoatchilik kengashini tuzish maqsadida vazirlik tomonidan ochiq e’lon berilgan edi.

Kengashda faoliyat ko`rsatish istagini bildirgan 1129 nafar talabgordan taklif kelib tushdi. 

Shundan, 307 nafar talabgor o`zi haqida aniq ma’lumot taqdim etgan. Ularning barchasiga o`zlari haqida ma’lumotlarni ovoz berish jarayonida ochiqlanishiga rozilik berish yuzasidan elektron pochta orqali alohida rasmiy xat yuborildi. 

Rozilik olingan 303 nafar nomzod to`g`risidagi ma’lumotlar (foto, F.I.Sh., faoliyatga oid) kengash.edu.uz ochiq ovoz berish portaliga joylashtirildi. Siz ushbu portal orqali 17 nafar kengash a’zosini aniqlab berish imkoniga egasiz.

Ovoz berish jarayoni 17-fevral soat 18.00 ga qadar davom etadi. Bunda bir nafar fuqaro ro`yxatdagi nomzodlardan faqat bir nafariga ovoz berish imkoniga ega.

Ovoz berish➡️ http://kengash.edu.uz