Ma’lumki, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.Endilikda, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o`quv yilining birinchi kunidan boshlab to`lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.Buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.Shuningdek, belgilangan o`tish balini to`play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to`lov-shartnoma asosida o`qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga yangi o`quv yilining birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo`yicha batafsil ma’lumot beriladi.2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to`lov-shartnomani onlayn yuklab, to`lovni amalga oshirishlari mumkin.
August 29, 2022