-“Elektron ta'lim” milliy tizimining ma'muri va boshqarish funksiyasini amalga oshirish;
- Oliy va o`rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan videokonferents-aloqa va masofadan o`qitish metodlaridan foydalangan holda o`quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish;
- Oliy va o`rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining “Elektron ta'lim” milliy tizimi axborot-ta'lim resurslaridan erkin foydalanishini ta'minlash;
- Oliy va o`rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida tashkil etiladigan va “Elektron ta'lim” milliy tizimiga kiritiladigan elektron metodik komplekslar va boshqa ta'lim resurslariga yagona talablarni ishlab chiqish;
- Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari pedagoglari uchun o`quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo`yicha maxsus o`quv kurslarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Ta'lim jarayonida kompyuter uskunalaridan foydalanishning samaradorligini tahlil qilish va monitoring olib borish, oliy va o`rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining kompyuter va kommunikatsiya vositalarini yangilash bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
|