|
Oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini raqamlashtirish;
Ta’lim axborot tizimlari majmuasining oliy ta’lim qismini ishlab chiqish, joriy etish va qo‘llab-quvvatlash;
Vazirlik tizimida raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari asosida axborot tizimlarini ishlab chiqish va uzluksiz ishlashini ta’minlash;
Oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tizimida axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, joriy etish va integratsiyalash, apparat-dasturiy komplekslarni o‘rnatish, shuningdek, tegishli loyiha va texnik hujjatlarni tayyorlashni ta’minlash;
Vazirlik tizimida raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari asosida axborot tizimlarini ishlab chiqish va uzluksiz ishlashini ta’minlash;
Axborot xavfsizligini ta’minlash doirasida qo‘llaniladigan maxsus dasturiy mahsulotlarni joriy etish. Markazning mavjud ichki axborot tizimlaridan foydalanishda axborot xavfsizligi xavflarini aniqlash va ularning oldini olish choralarini ko‘rish;
Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimini amaliyotga joriy etilishini va takomillashtirish;
Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, uning tizimli monitoringini olib borish hamda raqamli texnologiyalar joriy etilgan oliy ta’lim muassasalarining reytingini belgilash indikatorlarini ishlab chiqish;
Ta’lim jarayonida raqamli ta’lim texnologiyalarini qo‘llash va rivojlantirish, shu jumladan xalqaro texnik standartlar va reglamentlarni amaliyotga tatbiq etish, shuningdek markazning boshqa faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
|