#YANGILIK

🎓 Endilikda HEMIS tizimi Milliy sertifikat bazasi bilan to‘liq integratsiyalashdi! 🔄 Bu yangilanish orqali endi tizim mas'ullari talabalar olgan milliy til sertifikatlarini avtomatik tarzda sinxronizatsiya qilib, HEMIS tizimiga yuklab qo‘yishlari mumkin bo‘ladi. ✅ Sertifikatlarni qo‘lda kiritish zarurati yo‘q ✅ Ma’lumotlar aniqligi va xavfsizligi ta’minlanadi ✅ Talabalar uchun soddalashtirilgan jarayon ❗ Sertifikatlarni sinxronlashtirish jarayoni faqat mas’ul xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling! Telegram: @raqamli_talim_markazi Instagram: @raqamli_talim_markazi Facebook: @raqamlitalimmarkazi
June 11, 2025

HEMIS antiplagiat tizimlari bilan integrasiya qilindi

🎓 Endilikda bitiruv ishlari suniy intellekt orqali tekshiriladi 🌐 plagiat.uz yoki antiplag.uz tekshiruv natijalari HEMIS tizimiga avtomatik ravishda uzatiladi. Endi qog‘oz hujjatlar bilan yurish, natijalarni qo‘lda yuklash yoki jo‘natishning hojati yo‘q! ℹ️ Qanday ishlaydi? ➡️Talabaning ishi plagiat.uz yoki antiplag.uz orqali tekshiriladi ➡️Natija “HEMIS integratsiyasi” tugmasi bilan jo‘natiladi ➡️Talaba ID raqami orqali tizim ishni aniqlaydi ➡️Natija HEMIS’ga ulanadi va sertifikat shakllanadi ➡️Talaba sertifikat bilan himoyaga tayyor! ❗ Diqqat! Ushbu imkoniyatlar faqat oliy ta’lim muassasalari uchun mavjud. Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling! Telegram: @raqamli_talim_markazi Instagram: @raqamli_talim_markazi Facebook: @raqamlitalimmarkazi
June 10, 2025

#Qabul2025 #Akademiklitsey

🖥 2025/2026 oʻquv yili uchun akademik litseylarga hujjatlar joriy yilning 10-iyun sanasidan boshlab my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi. 🎓Akademik litseylarda: ✅ Aniq fanlar; ✅ Tabiiy fanlar; ✅ Xorijiy tillar; ✅ Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olishingiz mumkin. ❗ Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda: ➡️ Oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi; ➡️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi. 📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi. 🗓 Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi. 🌟 O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat mavjud boʻlsa, arizaga ilova qilishingiz mumkin. ℹ️ Shuningdek, qabulga oid barcha ma’lumotlarni my.edu.uz yagona ta’lim xizmatlari portalining Akademik litseyga qabul bo’limidan olishingiz mumkin. Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling! Telegram: @raqamli_talim_markazi Instagram: @raqamli_talim_markazi Facebook: @raqamlitalimmarkazi
June 10, 2025

#Qabul2025

🖥 Oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari rasman boshlanmoqda! 💡 Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi quyidagi ta'lim turlari bo‘yicha onlayn hujjat qabulini amalga oshiradi: ✅ Akademik litseylarga qabul 9-sinf bitiruvchilari uchun 🌐 my.edu.uz ✅ Kasbiy ta'lim muassasalariga qabul 3-darajali mutaxassisliklar uchun (9-sinf bitiruvchilari) 🌐 my.edu.uz ✅ Kasbiy ta'lim muassasalariga qabul 4,5-darajali mutaxassislar uchun 🌐 my.edu.uz ✅ Magistratura bosqichiga qabul Bakalavr darajasiga ega bo'lgan talabgorlar uchun 🌐 my.edu.uz ✅ OTMlarga suhbat asosida o‘qishga qabul Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlaganlar uchun 🌐 my.edu.uz ✅ Ikkinchi oliy ta’limga qabul Bakalavr darajasiga ega bo'lgan talabgorlar uchun 🌐 my.edu.uz ✅ O‘qishni ko‘chirish va tiklash uchun Respublikadagi bir davlat oliy ta'lim muassasasidan boshqa davlat oliy ta'lim muassasasiga o'qishni ko'chirish yoki tiklash 🌐 transfer.edu.uz ℹ️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun ishonch telefon raqami: 1006 📞 Texnik muammolar yuzasidan murojaat uchun: +99871 203-13-24 Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling! Telegram: @raqamli_talim_markazi Instagram: @raqamli_talim_markazi Facebook: @raqamlitalimmarkazi
June 04, 2025

IT sohasida o‘z o‘rnini topmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun imkoniyat!

Iqtisodiyot va moliya vazirligi IT yo‘nalishini tamomlayotgan yoki ushbu sohaga qiziqishi bo‘lgan talabalarni “IT Career Event – 2025” tadbirida ishtirok etishga taklif qiladi. Tadbirdan asosiy maqsad bitiruvchi talabalarni bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilish, ularni amaliyotga yo‘naltirish va rag‘batlantirish. 📌 Tadbir doirasida: • IT sohasida kadrlar bilan ishlash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilinadi; • iqtidorli talabalarni vazirlik va uning tarkibiy tuzilmalaridagi IT bo‘limlariga amaliyotga jalb qilish imkoniyatlari taqdim etiladi; • moliya tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarda fikr almashiladi. Bundan tashqari, “IT Career Event – 2025” doirasida 3 ta yo‘nalish bo‘yicha tanlov (test sinovlari) o‘tkaziladi: ➡️Software ➡️Hardware ➡️Analytic 🏆 Har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 nafar g‘olib aniqlanadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi: 1️⃣-o‘rin – noutbuk; 2️⃣-o‘rin – smartfon; 3️⃣-o‘rin – smart soat. 📌 Testdan va ro‘yxatdan o‘tish: itc.imv.uz 🗓️ Sana: 2025-yil 7-may, soat 10:00 📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyi, Toshkent, Mustaqillik shoh koʻchasi, 2 (Mustaqillik maydoni) Qo‘shimcha maʼlumot uchun: +998900081070 +998977473880 +998971030383
May 06, 2025

Qonunchilik yangiliklari

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo`linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori (PQ–147-son, 21.04.2025-y.) mazmun-mohiyatini keng yoritishga qaratilgan ANNOTATSIYA O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo`linmalari mustaqilligini ta`minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga ko`ra, davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo`lgan xo`jalik jamiyatlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo`linmalarining ustuvor vazifalari etib quyidagilar belgilandi, jumladan: ü  korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish; ü  davlat xizmatlarini ko`rsatishda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, maishiy korrupsiyaning oldini olish, shu jumladan, raqamlashtirish, byurokratiyani qisqartirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish; ü  idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o`tkazish va yakunlari bo`yicha aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bekor qilish bo`yicha taklif kiritish. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo`linmalari o`z faoliyatida bevosita tashkilotning birinchi rahbariga bo`ysunadi va uning oldida hisobdor bo`ladi. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo`linmalarini tashkil etishning minimal mezonlari tasdiqlandi. Qarorga ko`ra, 2027-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tizim joriy etiladi: v  Sog`liqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi, Suv xo`jaligi vazirligi, “O`zbekneftgaz” AJ hamda “O`zsuvta’minot” AJning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo`linmalari rahbari lavozimiga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Agentlik) xodimlari tayinlanadi; v  eksperiment o`tkaziladigan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo`linmalari rahbarlari bevosita Agentlikka bo`ysunadi;   v  eksperiment o`tkaziladigan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo`linmalari faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish Agentlik hamda eksperiment o`tkaziladigan tashkilotlar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi. Agentlik davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo`linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy ta’minlash, ularning xodimlarini stajirovka va attestasiyadan o`tkazish hamda malakasini oshirish bo`yicha maxsus vakolatli organ etib belgilandi. 2025-yil 1-iyulgacha “E-anticor.uz” da ichki nazorat bo`linmalari rahbarlari va xodimlarining elektron reestrini yuritish, hisobotni elektron taqdim etish, anonim so`rovnomalar o`tkazib e’lon qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushiriladi.
May 05, 2025

Qonunchilik yangiliklari

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo`yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoni (PF-71-son, 21.04.2025-y.) mazmun-mohiyatini keng yoritishga qaratilgan ANNOTATSIYA   O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo`yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoni imzolandi. Farmonga ko`ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha milliy kengashning 2025-yil 5-martda o`tkazilgan kengaytirilgan yig`ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta`minlash bo`yicha ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro`yxati va amaliy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashishda parlamentning rolini tubdan oshirish maqsadida Oliy Majlis palatalariga quyidagilar tavsiya etildi: – har yili byudjetdan eng ko`p mablag` oladigan uchta vazirlik va idorada korrupsiyaviy omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo`yicha takliflar kiritish; – vazir va hokimlar lavozimiga nomzodlar tegishlicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlarida ko`rib chiqilayotganda ular tomonidan korrupsiyaning oldini olish bo`yicha aniq reja himoya qilinishiga oid tartibni qonun hujjatlarida belgilash; – xalqaro tajribani o`rganib, kibermakonda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish bo`yicha mustahkam huquqiy baza yaratish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish; – ishchi guruh tuzib “jinoyatchilikka qarshi kurashish haftaligi”da har oyning 1–5 sanalarida “qizil” toifadagi mahallalarda jinoyatlarning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilish; – hududiy prokurorlar va ichki ishlar organlari boshliqlari faoliyati samaradorligini oshirish bo`yicha tavsiyalar berish hamda xalqchil tashabbuslar asosida qonunlarni takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish. Farmonga ko`ra, Iqtisodiyotda korrupsiyaviy omillarning oldini olish maqsadida: ·        davlat xaridlarida sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxi hamda uning o`rtacha bozor narxi o`rtasidagi tafovutning eng ko`p yo`l qo`yiladigan chegarasidan chetga chiqqan holda xaridlarni amalga oshirgan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi; ·        2025-yilning 1-iyulidan yirik investisiya loyihalarida korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlar hamda yirik auksion shartlarini raqobatbardoshlik ekspertizasidan o`tkazish tartibi joriy etiladi; ·        “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi qamrovi yanada oshirilib, bosqichma-bosqich xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi loyihalarga joriy qilinadi.  2025-yil yakunicha: ➖ xalqaro tender obyektlari bo`yicha subpudratchilar “SHaffof qurilish” tizimi orqali jalb qilinadi; ➖ qiymati 2 mln AQSH dollarigacha bo`lgan xalqaro moliya tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladigan mahalliy tenderlar “Shaffof qurilish” tizimida o`tkaziladi; ➖ xalqaro tenderlar bo`yicha jalb qilingan chet el pudrat tashkilotlari shartnoma qiymatining kamida 60 foizini o`z kuchi bilan bajarish tartibi joriy etiladi. 2026-yil 1-yanvargacha vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar tomonidan ko`rsatiladigan barcha davlat xizmatlarini tuman (shahar) kesimida aholining o`zi baholaydigan tizim joriy etiladi. Bunda aholi tomonidan “qoniqarsiz” deb baholangan vazirlik, idora rahbarlari hamda tuman (shahar) hokimlari shaxsiy javobgarligi belgilanadi. Sun`iy intellekt asosida aholining kundalik hayotida uchraydigan savollariga mobil telefon orqali sodda va qulay shaklda javob olish imkoniyatini beradigan onlayn platforma ishga tushiriladi.  
May 05, 2025

Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi

Texnik qo'llab-quvvatlash markazi ishonch telefoni: 📞 +99871 203 13 24 🕖9:00 - 18:00 🤖Rasmiy murojaat uchun Telegram botlari: my.hemis.uz - HEMIS Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi transfer.edu.uz - O‘qishni ko‘chirish va tiklash uchun onlayn ariza topshirish axborot tizimi my.edu.uz - Yagona ta’lim xizmatlari portali kontrakt.edu.uz - Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi shartnoma.edu.uz - Nodavlat hamda xorijiy oliy ta'lim muassasalari uchun qabul platformasi magistr.edu.uz - Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi stipendiya.edu.uz - Talabalar va doktorantlar uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish portali Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling! Telegram: @raqamli_talim_markazi Instagram: @raqamli_talim_markazi Facebook: @raqamlitalimmarkazi
April 22, 2025

Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi doimiy yoki shartnoma asosida dasturchilarni ishga qabul qiladi.

💻 Texnologiyalar: Python, Django, PostgreSQL, Django REST Framework, FastAPI, Git, Docker 📊 Daraja: Middle 📍 Hudud: Toshkent shahri 🪙 Maosh: Suhbat davomida kelishiladi ❗ Talablar: — Python’da kamida 2-3 yillik ish tajribasi; — 3 ta yoki undan ko‘p yirik loyihalarda ishtirok etgan bo‘lishi; — Ish faqat oflayn tarzda olib boriladi. ✉️ CV, portfolio va aloqa ma’lumotlaringizni i.tolibjonovich@edu.uz elektron pochta manziliga yuboring va jamoamizga qo‘shiling! Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling! Telegram: @raqamli_talim_markazi Instagram: @raqamli_talim_markazi Facebook: @raqamlitalimmarkazi
April 15, 2025