Sayt test rejimida ishlamoqda                                     •                                     Sayt test rejimida ishlamoqda                                     •                                     Sayt test rejimida ishlamoqda                                     •                                     Sayt test rejimida ishlamoqda                                     •                                     Sayt test rejimida ishlamoqda

Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi

Rasmiy veb-sahifasiga xush kelibsiz!

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

Joriy yilning 8-iyul kuni “Ma’rifat” gazetasining Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanalida “Magistraturaga hujjat topshiruvchilar tizimga kirishga soatlab vaqt sarflamoqda” sarlavhasi ostida my.edu.uz platformasiga kirish jarayonlari bo‘yicha murojaat e’lon qilindi. Unda, xususan, foydalanuvchilar har safar tizimga kirishda login va parolni qayta kiritishga majbur bo‘layotgani, parol esa doimiy yangilanayotganiga oid fikrlar bildirilgan. Ushbu xabarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz: Foydalanuvchi xavfsizligi va qulaylikni ta’minlash maqsadida platformada avtorizatsiya qilingan foydalanuvchi uchun sessiya muddati uzluksiz olti soatgacha saqlanadi. Bu vaqt davomida qayta kirish yoki parolni kiritish talab etilmaydi. Parolni yangilash funksiyasi foydalanuvchilar uchun qulay tarzda ishlab chiqilgan bo‘lib, uni istalgan vaqtda o‘zgartirish mumkin. Bunda hech qanday majburiy yoki doimiy yangilanish talabi mavjud emas. Foydalanuvchilarga yuborilayotgan SMS-xabarnomalar xarajati O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi hisobidan amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchi hisobidan hech qanday to‘lov undirilmaydi. 🔹 Tizimdan foydalanishda foydalanuvchilar uchun blokirovka yoki boshqa to‘siqlar mavjud emas. Ro‘yxatdan o‘tish va shaxsiy kabinetga kirish jarayonlari erkin va ochiq holda tashkil etilgan. Shu o‘rinda, foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida texnik savollar yuzasidan quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishlari mumkin: 📞 Tel.: +998 71 203 13 24 📲 Telegram: @my_edu_yordam_bot Shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollarini mazkur masalalarda aniqlashtirilmagan xabarlarni e’lon qilishdan avval, mas’ul tashkilotlar bilan bog‘lanib rasmiy izoh olishga chaqirib qolamiz. Bu yondashuv jamiyatda xolis va ishonchli axborot muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.
July 12, 2025

#YANGILIK

🎓 Endilikda HEMIS tizimi Milliy sertifikat bazasi bilan to‘liq integratsiyalashdi! 🔄 Bu yangilanish orqali endi tizim mas'ullari talabalar olgan milliy til sertifikatlarini avtomatik tarzda sinxronizatsiya qilib, HEMIS tizimiga yuklab qo‘yishlari mumkin bo‘ladi. ✅ Sertifikatlarni qo‘lda kiritish zarurati yo‘q ✅ Ma’lumotlar aniqligi va xavfsizligi ta’minlanadi ✅ Talabalar uchun soddalashtirilgan jarayon ❗ Sertifikatlarni sinxronlashtirish jarayoni faqat mas’ul xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling! Telegram: @raqamli_talim_markazi Instagram: @raqamli_talim_markazi Facebook: @raqamlitalimmarkazi
June 11, 2025

HEMIS antiplagiat tizimlari bilan integrasiya qilindi

🎓 Endilikda bitiruv ishlari suniy intellekt orqali tekshiriladi 🌐 plagiat.uz yoki antiplag.uz tekshiruv natijalari HEMIS tizimiga avtomatik ravishda uzatiladi. Endi qog‘oz hujjatlar bilan yurish, natijalarni qo‘lda yuklash yoki jo‘natishning hojati yo‘q! ℹ️ Qanday ishlaydi? ➡️Talabaning ishi plagiat.uz yoki antiplag.uz orqali tekshiriladi ➡️Natija “HEMIS integratsiyasi” tugmasi bilan jo‘natiladi ➡️Talaba ID raqami orqali tizim ishni aniqlaydi ➡️Natija HEMIS’ga ulanadi va sertifikat shakllanadi ➡️Talaba sertifikat bilan himoyaga tayyor! ❗ Diqqat! Ushbu imkoniyatlar faqat oliy ta’lim muassasalari uchun mavjud. Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling! Telegram: @raqamli_talim_markazi Instagram: @raqamli_talim_markazi Facebook: @raqamlitalimmarkazi
June 10, 2025

Axborot tizimlari

Markaz tomonidan yaratilgan axborot tizimlari hamda veb-portallar

Sizga qanday yordam bera olamiz?

Xizmatlar

Axborot tizimlari yaratish xizmati

Veb-hosting xizmati

O'quv kurslari

Quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'quv kurslarida ta'lim olishingiz mumkin

Moliyaviy boshqaruv
Ma'muriy boshqaruv
O'quv jarayoni
Ilmiy faoliyat
Chose-img
Chose-img
Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish -

HEMIS axborot tizimi

Ushbu axborot tizimi "Ma'muriy boshqaruv", "O‘quv jarayoni", "Ilmiy faoliyat" va "Moliyaviy boshqaruv" axborot tizimlarini o‘z ichiga olgan.

  • Talabalar o‘quv jarayonini monitoring qilish
  • Kontrakt to‘lovlari uchun onlayn shartnoma olish
  • QR kodli diplomlarni olish imkoniyati
Kirish