Batafsil
RASMIY MUNOSABAT
July 12, 2025

Joriy yilning 8-iyul kuni “Ma’rifat” gazetasining Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanalida “Magistraturaga hujjat topshiruvchilar tizimga kirishga soatlab vaqt sarflamoqda” sarlavhasi ostida my.edu.uz platformasiga kirish jarayonlari bo‘yicha murojaat e’lon qilindi. Unda, xususan, foydalanuvchilar har safar tizimga kirishda login va parolni qayta kiritishga majbur bo‘layotgani, parol esa doimiy yangilanayotganiga oid fikrlar bildirilgan.
Ushbu xabarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Foydalanuvchi xavfsizligi va qulaylikni ta’minlash maqsadida platformada avtorizatsiya qilingan foydalanuvchi uchun sessiya muddati uzluksiz olti soatgacha saqlanadi. Bu vaqt davomida qayta kirish yoki parolni kiritish talab etilmaydi.
Parolni yangilash funksiyasi foydalanuvchilar uchun qulay tarzda ishlab chiqilgan bo‘lib, uni istalgan vaqtda o‘zgartirish mumkin. Bunda hech qanday majburiy yoki doimiy yangilanish talabi mavjud emas.
Foydalanuvchilarga yuborilayotgan SMS-xabarnomalar xarajati O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi hisobidan amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchi hisobidan hech qanday to‘lov undirilmaydi.
🔹 Tizimdan foydalanishda foydalanuvchilar uchun blokirovka yoki boshqa to‘siqlar mavjud emas. Ro‘yxatdan o‘tish va shaxsiy kabinetga kirish jarayonlari erkin va ochiq holda tashkil etilgan.
Shu o‘rinda, foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida texnik savollar yuzasidan quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishlari mumkin:
📞 Tel.: +998 71 203 13 24
📲 Telegram: @my_edu_yordam_bot
Shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollarini mazkur masalalarda aniqlashtirilmagan xabarlarni e’lon qilishdan avval, mas’ul tashkilotlar bilan bog‘lanib rasmiy izoh olishga chaqirib qolamiz. Bu yondashuv jamiyatda xolis va ishonchli axborot muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.