Talabalarga barcha muhim xizmatlarni bir joyda taqdim etish markazi — “Registrator ofisi”

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida talabalarga xizmat ko‘rsatish va akademik faoliyatni takomillashtirish maqsadida “Registrator ofisi” yo‘lga qo‘yildi. 📌Asosiy maqsad: ➡️Talabalarga barcha ma’muriy va akademik xizmatlarni yagona markazda taqdim etish; ➡️O‘quv jarayonini soddalashtirish va qulaylik yaratish; ➡️Masalalarni tezkorlik bilan hal qilish orqali xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish; 📌 Bugungi kunda markazda talabalarga 60 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Bu esa universitetdagi ta’lim jarayonining yanada samarali va shaffof bo‘lishiga xizmat qiladi. Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling! Telegram: @raqamli_talim_markazi Instagram: @raqamli_talim_markazi Facebook: @raqamlitalimmarkazi
February 21, 2025

O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga lavozim va malaka toifalarini berishga ariza topshirish davom etmoqda.

✅ Arizalarni joriy yilning 01-mart soat 23:59 ga qadar pedagog.edu.uz saytidan yuborishingiz mumkin. 📹 Video qo'llanma Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling! Telegram: @raqamli_talim_markazi Instagram: @raqamli_talim_markazi Facebook: @raqamlitalimmarkazi
February 21, 2025

Raqamli kelajak sari birinchi qadamni qo‘ying!

🔺 IT sohasida o‘qiyapsizmi? Yoki yangi imkoniyatlar izlayapsizmi? Unda 20-fevral soat 15:00 da bo‘lib o‘tadigan onlayn ochiq muloqot aynan Siz uchun! Muloqotda nimalar muhokama qilinadi? IT sohasida o‘qish va rivojlanish yo‘llari; Qizlar uchun ITga kirish va qo‘llab-quvvatlash dasturlari; Yosh dasturchilar uchun yirik loyihalar: ✅ “Bir million o‘zbek dasturchi” – dasturlashni bepul o‘rganish imkoniyati ✅ ICPC Uzbekistan – eng kuchli talabalar olimpiadasi ✅“President Tech Awards” – eng iqtidorli IT yoshlariga mukofotlar ✅Mirzo Ulug‘bek vorislari – ta’lim va ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ✅“JOB& EDU FEST” – ish topish va o‘qish uchun eng yaxshi platforma ✅ “MAAB open source” – ochiq kod va innovatsiyalar maydoni ✅“UzGeeks Meetup” – IT jamoasi bilan tanishing va networking qiling 🎙 Ekspertlardan bevosita maslahat olish va o‘z savollaringizni berish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Jonli efirni quyidagi havolalar orqali kuzatib boring: 🎞 youtube.com 💬 Facebook.com
February 19, 2025

Professional ta'lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi haqida

Jahongir Uzaqov - Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazida Axborot tizimlarini loyihalashtirish va ishlab chiqish bo‘limi bosh mutaxassisi sifatida faoliyat olib boradi. Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling! Telegram: @raqamli_talim_markazi Instagram: @raqamli_talim_markazi Facebook: @raqamlitalimmarkazi
February 19, 2025

Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyaga taklif qilamiz!

🎙Bu shunchaki konferensiya emas – bu akademik kelajakka AI bilan yo‘l ochish imkoniyati! Siz ham qatnashing! 🔅Mavzu: “Ilmiy mukammallik uchun sun’iy intellekt: tadqiqot, yozuv va pedagogika” (Advanced AI for Academic Excellence: Research, Writing, and Pedagogy). 💡 Sun’iy intellekt akademik faoliyatni qanday inqilob qilmoqda? 🔄 Ilmiy tadqiqot, yozuv va ta’limda AI imkoniyatlarini qanday qo‘llash mumkin? 🤖 Ilm-fan va innovatsiyaga AI qanday yangi eshiklar ochmoqda? Ushbu konferensiyada sizni: ✔️ Zamonaviy ilmiy texnologiyalar bilan tanishish; ✔️ AI yordamida ilmiy yozuv va tadqiqotni takomillashtirish; ✔️ Tajribali mutaxassislar va yetakchi olimlardan eksklyuziv maslahatlar kutmoqda. 📆 Sana: 27-fevral ⏰ Vaqt: 19:00 🤝Qatnashish: Online (Zoom) 🎤 Taqdimotchilar: 💬 Dr. Dorota Sylwia Majewicz (Polsha) – Sun’iy intellekt va akademik innovatsiyalar bo‘yicha ekspert; 💬 Mohira Alibekova (O‘zbekiston) – Pedagogika va ilmiy yozuv bo‘yicha mutaxassis. 📌 Tashkilotchi: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi. 📩 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 📧 Email: info@mahorat.org 🔗 Konferensiyaga qo‘shiling: 📌 Zoom havolasi
February 19, 2025

Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi va Tashkent International University o‘rtasida hamkorlik imzolandi!

✅ Ushbu hamkorlikga ko’ra “KOICA”loyihasi doirasida "Sun'iy intellekt" markazi tashkil etiladi. Hamkorlik - sunʼiy intellekt boʻyicha yosh isteʼdodlarni o’qitadi va 4 oylik ta'lim dasturini ishga tushiradi, shuningdek ishtirokchilarga AI texnologiyalarini o'rganish imkoniyatlarini yaratib beradi 🌐Ushbu tashabbus yoshlarning kreativligi va texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan Raqamli ta'lim markazining rasmiy telegram kanaliga obuna bo'ling
February 18, 2025

Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi haqida

Ulug'bekmirzo Qurbonov - Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazida Loyihalar boshqaruvi rahbari sifatida faoliyat olib boradi. Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling! Telegram: @raqamli_talim_markazi Instagram: @raqamli_talim_markazi Facebook: @raqamlitalimmarkazi
February 17, 2025

Akademik litsey va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari diqqatiga! IBRO-2025 olimpiadasiga start berildi!

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi hamkorligida matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi (IBRO-2025) tashkil etilmoqda. Olimpiada testbor.uz ta’lim platformasida 3 bosqichda bo‘lib o‘tib, birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan jami 18 nafar oʻquvchi uchun AKITA va Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetlariga 100 foiz grant ajratiladi. Birinchi bosqich (tuman) — onlayn tarzda 1–7-aprel kunlari tashkil etiladi. Birinchi bosqichda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish, qatnashish va natijalarni aniqlash testbor.uz taʼlim platformasi orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida 13–20-may kunlarida onlayn tarzda oʻtkaziladi. Yakuniy tanlovda ishtirok etish uchun ikkinchi bosqichda har bir hudud kesimida 1–5-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar saralab olinadi. Uchinchi bosqich – Final bosqichi – 2–8-sinf oʻquvchilari uchun onlayn shaklda oʻtkaziladi. 10-11-sinf oʻquvchilari uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti binosida oʻtkaziladi. Eng faol ishtirok etib yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan maktab jamoasiga esa “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan bosh sovrin - BYD Chazor avtomobili topshiriladi. Har bir fan kesimida yuqori 10 talik oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarning ustozlari ham taqdirlanadi. Olimpiadada ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: testbor.uz
February 15, 2025

O'zbekiston Milliy Axborot Agentligi bilan IT ta'lim bo'yicha tanqidiy va ochiq tarzdagi muloqot!

IT sohasida mahalliy va xalqaro mehnat bozorida talab qay darajada? Maktablarda informatika darslari qanday tashkil etilmoqda? IT sohasida ish beruvchilarning nomzodlarga talablari qanday? Dasturchi bo'lish uchun qanday ko'nikmalar kerak? Ta'limda amalga oshirilayotgan islohotlar va boshqa masalalarga mutaxassislarning javobi bilan tanishing: Batafsil videoda.
February 15, 2025