Ta’lim-fan jamoatchilik kengashi a’zoligiga nomzodlar ochiq ovoz berish orqali aniqlanadi

Ma’lumki, Ta’lim-fan jamoatchilik kengashini tuzish maqsadida vazirlik tomonidan ochiq e’lon berilgan edi.Kengashda faoliyat ko`rsatish istagini bildirgan 1129 nafar talabgordan taklif kelib tushdi. Shundan, 307 nafar talabgor o`zi haqida aniq ma’lumot taqdim etgan. Ularning barchasiga o`zlari haqida ma’lumotlarni ovoz berish jarayonida ochiqlanishiga rozilik berish yuzasidan elektron pochta orqali alohida rasmiy xat yuborildi. Rozilik olingan 303 nafar nomzod to`g`risidagi ma’lumotlar (foto, F.I.Sh., faoliyatga oid) kengash.edu.uz ochiq ovoz berish portaliga joylashtirildi. Siz ushbu portal orqali 17 nafar kengash a’zosini aniqlab berish imkoniga egasiz.Ovoz berish jarayoni 17-fevral soat 18.00 ga qadar davom etadi. Bunda bir nafar fuqaro ro`yxatdagi nomzodlardan faqat bir nafariga ovoz berish imkoniga ega.Ovoz berish➡️ http://kengash.edu.uz
February 11, 2023

HEMISda talaba uchun yana bir qulaylik

Talaba kabinetining asosiy sahifasidagi tezkor murojaat ikonkalaridan qulay foydalanish uchun ular 4 guruhga ajratildi:1️⃣ Fanlar va resurslar — bu guruhda o`quv reja, dars va nazorat jadvallari, fan tanlovi va fan resurslaridan foydalanish mumkin.2️⃣ O`quv faoliyati — bu guruhda talabaning davomat va o`zlashtirishi, imtihonlar va reyting daftarchasidan foydalanish mumkin.3️⃣ Qayta o`qish — bu guruhda qayta o`qishga ariza berish, qayta o`qishning dars va nazorat jadvali hamda o`zlashtirish natijasidan foydalanish mumkin.4️⃣ Hujjatlar ro`yxati — bu guruhda talaba faoliyatida zarur bo`ladigan hujjatlarga so`rov berish va hujjatlardan foydalanish mumkin.Ma’lumot o`rnida, oliy ta’limni raqamlashtirish orqali o`quv jarayoniga taalluqli 30 ga yaqin qog`oz hujjat elektron shaklga o`tkazilgan.
January 11, 2023

150 mingdan ortiq elektron resursga ega yagona elektron kutubxona yaratildi

Endi unilibrary.uz platformasi orqali talabalar respublikamizning barcha davlat oliy ta`lim muassasalari kutubxonalaridagi o`quv adabiyotlar hamda ilmiy nashrlaridan onlayn foydalanishlari mumkin. Platformada: o`quv adabiyotlar;  ilmiy maqolalar; monografiyalar; dissertatsiyalar;  avtoreferatlarva boshqa shu kabi 150 mingdan ortiq elektron resurslar jamlangan.  Shuningdek, hozirda oliy ta`lim muassasalari tomonidan adabiyotlarni raqamlashtirish hamda ushbu platformaga joylashtirish davom etmoqda.
November 30, 2022

Endi talabalar shartnoma to`lovlarini onlayn to`lashlari ham mumkin

Buning uchun “Aloqabank”ning “Zoomrad” to`lov tizimi orqali JSHSHIR raqami hamda shartnoma summasini kiritgan holda to`lovni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Bunda shartnoma bo`yicha qarzdorlikni ham ko`rishingiz mumkin.Buning uchun: Zoomrad ilovasini smartfoningizga yuklab oling; plastik kartangizni Zoomrad ilovasiga sozlang; “OTM shartnoma” to`lovi xizmatini tanlang;Passport va JSHSHIR raqamingizni kiriting. kontrakt.edu.uz orqali shartnoma olgan talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to`lov qilishlari mumkin. Dasturning o`zi ta’lim muassasasi va shartnoma  to`g`risidagi barcha kerakli ma’lumotlarni topadi. Android uchun yuklab olingiOS uchun yuklab oling 
November 24, 2022

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi raqamlashtirish sohasida vazirliklar orasida 2-o`rinda

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi raqamlashtirish sohasida 2021-yilga nisbatan 16 pog`onaga yuqorilab, vazirliklar orasida 2-o`rinda Davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish loyihalarining amalga oshirilishini reytingli baholash tizimi (NIS.UZ)ning 2022-yil 2-chorak natijalari e`lon qilindi.Baholash natijasiga ko`ra, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi vazirliklar orasida 2-o`rinni, davlat boshqaruvi organlari orasida esa 4-o`rinni qayd etib, “yashil” ro`yxatga kiritildi.Bu esa oliy ta`lim tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish, bunda ta`lim jarayonlarida korrupsiyagen holatlar oldini olish, inson omilining har qanday aralashuviga chek qo`yish, turli hujjatlar tayyorlashning qog`oz shaklidan butkul voz kechish borasida samarali ishlar qilinganidan darak.
November 11, 2022

Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi “Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi bo`yicha tanlov e`lon qiladi

Tanlovdan ko`zlangan maqsad - oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi kurslarida o`qiyotgan qobiliyatli yoshlarni saralab olish, stajirovkasini tashkil etish va keyinchalik kadrlar zaxirasiga kiritish.Tanlov ikki bosqichda: test va suhbat asosida tashkil etiladi.Tanlovdan muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlar Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligida stajirovka o`taydi, stajirovkani namunali yakunlagan yosh mutaxassislar kadrlar zaxirasiga kiritiladi.Talabgorlardan hujjatlar @yosh_mutaxassislarni_tanlash_bot orqali joril yil 9-noyabrdan 19-noyabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
November 09, 2022

Texnikum va kollej o`quvchilariga to`lov-shartnoma berish raqamlashtirildi

    Ma’lumki, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.Joriy yilda Davlat test markazining maxsus platformasidan kunduzgi, sirtqi, kechki hamda dual ta’lim shakli bo`yicha ro`yxatdan o`tgan va birinchi bosqichga tavsiya etilgan texnikum va kollej o`quvchilariga to`lov-shartnoma berish jarayoni to`liq raqamlashtirildi.Endi o`quvchilar to`lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.Buning uchun vazirlikning prof-kontrakt.edu.uz  platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.
October 28, 2022

Tayanch doktorantlar uchun Prezident stipendiyalariga hujjatlar qabul qilinmoqda

Hukumatning tegishli qarori ga muvofiq, 2023-yil uchun davlat OTMlari va ilmiy-tadqiqot institutlarida tahsil olayotgan II bosqich tayanch doktorantlardan (PhD) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlar 2022-yilning 31-oktabr kuniga qadar maxsus elektron platforma — https://stipendiya.edu.uz/ orqali qabul qilinmoqda.Tanlov yo`nalishlari:1. Tabiiy va aniq fanlar (3 ta kvota);2. Ijtimoiy-gumanitar fanlar (3 ta kvota);3. Texnika va texnologiya (2 ta kvota);4. Sog’liqni saqlash (1 ta kvota);5. Qishloq xo`jaligi (1 ta kvota).Murojaatlar uchun maxsus telegram kanal manzili:https://t.me/+6HbJL2OFPEBkMjAy
October 18, 2022

Endi diplom dublikatini olish yanada osonlashdi

Oliy, o`rta maxsus va professional ta`lim to`g`risidagi hujjat (diplom) dublikatlarini olish istagini bildirgan fuqarolarga onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratildi (https://edu.uz/media/d63c6e2f-8071-33a3-190c-076a10cf7851.pdf).Endilikda fuqarolarning ta’lim muassasalariga borishlariga hojat qolmadi.Fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz  orqali onlayn yoki o`ziga yaqin joydagi Davlat xizmatlari markazlariga borib diplom dublikatini olish uchun so`rovnomani to`ldiradi, ortiqcha hech qanday hujjat talab etilmaydi.Murojaat etilgan kundan boshlab o`n ish kunida vakolatli organdan diplom dublikatini olib ketishi yoki fuqaro pochta xizmatidan foydalangan taqdirda o`n besh ish kunida uning yashash manziliga yetkazib berilishi mumkin.
October 10, 2022