Yangiliklar
Talabalar uchun shartnoma to`lovlarini PayMe to`lov tizimi orqali onlayn to`lash imkoniyati yaratildi
Buning uchun PayMe to`lov tizimida "To`lovlar" sahifasiga kiring.1. "Ta`lim" bo`limidan"Оплата за ВУЗы"ni tanlang.2. JSHSHIR raqami hamdato`lov summasini kiriting va to`lovni amalga oshiring.Bunda "Tafsilotlar" tugmasini bosish orqali shartnoma bo`yicha oxirgi to`lov summasini va qarzdorlikni ham ko`rishingiz mumkin.PayMe mobil ilovasi orqali talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to`lov qilishlari mumkin.Shuningdek shartnoma to`lovini my.gov.uz (https://t.me/my_edu_uz/107) portali orqali hamdaZoomrad (https://t.me/my_edu_uz/102) mobil ilovasi orqali ham komissiyasiz (0%) onlayn to`lash imkoniyati mavjud
“HEMIS STUDENT” telegram boti rivojlanishda davom etmoqda
@Hemisedu_bot (http://t.me/hemisedu_bot?start=share) telegram botida to`lov shartnoma ma’lumotlarini olish imkoniyati yaratildi. kontrakt.edu.uz (http://t.me/hemisedu_bot?start=shartnoma) bo`limi orqali shartnoma fayli va to`lov ma’lumotlarini olishingiz mumkin. Shuningdek, HEMIS axborot tizimining mobil ilovasida ham bir qancha imkoniyatlar mavjud. AppStore: https://apps.apple.com/ru/app/hemis/id1626119615?platform=iphoneGooglePlay: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tmetjem.hemis&hl=ru&gl=US
Oliy ta`lim jarayonlarini boshqarish “HEMIS” axborot tizimining talabalar uchun @hemisedu_bot telegram boti ishlab chiqildi.
Endilikda talabalar o`quv jarayoniga tegishli bo`lgan:- reyting daftarchasi va transkript- dars jadvallari;- o`zlashtirish ko`rsatkichlari; - fanlar bo’yicha topshiriqlar;- fanlarning elektron resurslari kabi ma`lumotlarni mazkur Telegram bot (https://t.me/Hemisedu_bot) orqali ham olishlari mumkin. Shuningdek, HEMIS axborot tizimining mobil ilovasida ham bir qancha imkoniyatlar yaratilganligini ma’lum qilamiz. Ilovani yuklab olish AppStore: https://apps.apple.com/ru/app/hemis/id1626119615?platform=iphoneGooglePlay: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tmetjem.hemis&hl=ru&gl=US
Ta`lim sohasida yangi va qulay elektron xizmatlar ishga tushiriladi!
Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining raqamlashtirishga mas`ul mutaxassislari ishtirokida aholimizga ko`rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko`rsatilayotgan elektron xizmatlar ko`lamini kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Aholimizga quyidagi elektron xizmatlarni tez orada ishga tushirish kelishib olindi: - Maktab o`quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul xizmati- O`quvchilarni maktabdan maktabga onlayn ko`chirish xizmati- Elektron shahodatnomani yuklab olish xizmati- Talabalarni yotoqxonaga onlayn joylashish xizmati- Talabalarga ta`lim kreditini onlayn ajratish xizmati va boshqalar. Bog`cha, Maktab, Oliy ta`lim tizimlarida - yangi elektron xizmatlarni joriy qilish bo`yicha takliflaringiz bo`lsa izohda qoldiring. Takliflaringiz tahlil qilinib, foydali va qulay bo`lgan xizmatlarni joriy etish choralarini ko`ramiz. Ta`lim sohasida joriy etilgan elektron xizmatlardan foydalanish uchun ushbu havola orqali o`ting - Ta`lim sohasida elektron xizmatlar.
Magistraturaga qabul natijalari tasdiqlandi
2022/2023-o`quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyi qabuli bo`yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro`yxatdan o`tgan talabgorlarning arizalari to`liq ko`rib chiqildi.Davlat oliy ta’lim muassasalariga o`qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo`yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyidagi qabul natijalari tasdiqlandi.Talabgorlar magistraturaga qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.
Ta’lim-fan jamoatchilik kengashi a’zoligiga nomzodlar ochiq ovoz berish orqali aniqlanadi
Ma’lumki, Ta’lim-fan jamoatchilik kengashini tuzish maqsadida vazirlik tomonidan ochiq e’lon berilgan edi.Kengashda faoliyat ko`rsatish istagini bildirgan 1129 nafar talabgordan taklif kelib tushdi. Shundan, 307 nafar talabgor o`zi haqida aniq ma’lumot taqdim etgan. Ularning barchasiga o`zlari haqida ma’lumotlarni ovoz berish jarayonida ochiqlanishiga rozilik berish yuzasidan elektron pochta orqali alohida rasmiy xat yuborildi. Rozilik olingan 303 nafar nomzod to`g`risidagi ma’lumotlar (foto, F.I.Sh., faoliyatga oid) kengash.edu.uz ochiq ovoz berish portaliga joylashtirildi. Siz ushbu portal orqali 17 nafar kengash a’zosini aniqlab berish imkoniga egasiz.Ovoz berish jarayoni 17-fevral soat 18.00 ga qadar davom etadi. Bunda bir nafar fuqaro ro`yxatdagi nomzodlardan faqat bir nafariga ovoz berish imkoniga ega.Ovoz berish➡️ http://kengash.edu.uz
HEMISda talaba uchun yana bir qulaylik
Talaba kabinetining asosiy sahifasidagi tezkor murojaat ikonkalaridan qulay foydalanish uchun ular 4 guruhga ajratildi:1️⃣ Fanlar va resurslar — bu guruhda o`quv reja, dars va nazorat jadvallari, fan tanlovi va fan resurslaridan foydalanish mumkin.2️⃣ O`quv faoliyati — bu guruhda talabaning davomat va o`zlashtirishi, imtihonlar va reyting daftarchasidan foydalanish mumkin.3️⃣ Qayta o`qish — bu guruhda qayta o`qishga ariza berish, qayta o`qishning dars va nazorat jadvali hamda o`zlashtirish natijasidan foydalanish mumkin.4️⃣ Hujjatlar ro`yxati — bu guruhda talaba faoliyatida zarur bo`ladigan hujjatlarga so`rov berish va hujjatlardan foydalanish mumkin.Ma’lumot o`rnida, oliy ta’limni raqamlashtirish orqali o`quv jarayoniga taalluqli 30 ga yaqin qog`oz hujjat elektron shaklga o`tkazilgan.
150 mingdan ortiq elektron resursga ega yagona elektron kutubxona yaratildi
Endi unilibrary.uz platformasi orqali talabalar respublikamizning barcha davlat oliy ta`lim muassasalari kutubxonalaridagi o`quv adabiyotlar hamda ilmiy nashrlaridan onlayn foydalanishlari mumkin. Platformada: o`quv adabiyotlar; ilmiy maqolalar; monografiyalar; dissertatsiyalar; avtoreferatlarva boshqa shu kabi 150 mingdan ortiq elektron resurslar jamlangan. Shuningdek, hozirda oliy ta`lim muassasalari tomonidan adabiyotlarni raqamlashtirish hamda ushbu platformaga joylashtirish davom etmoqda.
Endi talabalar shartnoma to`lovlarini onlayn to`lashlari ham mumkin
Buning uchun “Aloqabank”ning “Zoomrad” to`lov tizimi orqali JSHSHIR raqami hamda shartnoma summasini kiritgan holda to`lovni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Bunda shartnoma bo`yicha qarzdorlikni ham ko`rishingiz mumkin.Buning uchun: Zoomrad ilovasini smartfoningizga yuklab oling; plastik kartangizni Zoomrad ilovasiga sozlang; “OTM shartnoma” to`lovi xizmatini tanlang;Passport va JSHSHIR raqamingizni kiriting. kontrakt.edu.uz orqali shartnoma olgan talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to`lov qilishlari mumkin. Dasturning o`zi ta’lim muassasasi va shartnoma to`g`risidagi barcha kerakli ma’lumotlarni topadi. Android uchun yuklab olingiOS uchun yuklab oling