Yangiliklar
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi raqamlashtirish sohasida vazirliklar orasida 2-o`rinda
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi raqamlashtirish sohasida 2021-yilga nisbatan 16 pog`onaga yuqorilab, vazirliklar orasida 2-o`rinda
Davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish loyihalarining amalga oshirilishini reytingli baholash tizimi (NIS.UZ)ning 2022-yil 2-chorak natijalari e`lon qilindi.Baholash natijasiga ko`ra, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi vazirliklar orasida 2-o`rinni, davlat boshqaruvi organlari orasida esa 4-o`rinni qayd etib, “yashil” ro`yxatga kiritildi.Bu esa oliy ta`lim tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish, bunda ta`lim jarayonlarida korrupsiyagen holatlar oldini olish, inson omilining har qanday aralashuviga chek qo`yish, turli hujjatlar tayyorlashning qog`oz shaklidan butkul voz kechish borasida samarali ishlar qilinganidan darak.
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi “Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi bo`yicha tanlov e`lon qiladi
Tanlovdan ko`zlangan maqsad - oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi kurslarida o`qiyotgan qobiliyatli yoshlarni saralab olish, stajirovkasini tashkil etish va keyinchalik kadrlar zaxirasiga kiritish.Tanlov ikki bosqichda: test va suhbat asosida tashkil etiladi.Tanlovdan muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlar Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligida stajirovka o`taydi, stajirovkani namunali yakunlagan yosh mutaxassislar kadrlar zaxirasiga kiritiladi.Talabgorlardan hujjatlar @yosh_mutaxassislarni_tanlash_bot orqali joril yil 9-noyabrdan 19-noyabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Texnikum va kollej o`quvchilariga to`lov-shartnoma berish raqamlashtirildi
Ma’lumki, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.Joriy yilda Davlat test markazining maxsus platformasidan kunduzgi, sirtqi, kechki hamda dual ta’lim shakli bo`yicha ro`yxatdan o`tgan va birinchi bosqichga tavsiya etilgan texnikum va kollej o`quvchilariga to`lov-shartnoma berish jarayoni to`liq raqamlashtirildi.Endi o`quvchilar to`lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.Buning uchun vazirlikning prof-kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.
Tayanch doktorantlar uchun Prezident stipendiyalariga hujjatlar qabul qilinmoqda
Hukumatning tegishli qarori ga muvofiq, 2023-yil uchun davlat OTMlari va ilmiy-tadqiqot institutlarida tahsil olayotgan II bosqich tayanch doktorantlardan (PhD) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlar 2022-yilning 31-oktabr kuniga qadar maxsus elektron platforma — https://stipendiya.edu.uz/ orqali qabul qilinmoqda.Tanlov yo`nalishlari:1. Tabiiy va aniq fanlar (3 ta kvota);2. Ijtimoiy-gumanitar fanlar (3 ta kvota);3. Texnika va texnologiya (2 ta kvota);4. Sog’liqni saqlash (1 ta kvota);5. Qishloq xo`jaligi (1 ta kvota).Murojaatlar uchun maxsus telegram kanal manzili:https://t.me/+6HbJL2OFPEBkMjAy
Endi diplom dublikatini olish yanada osonlashdi
Oliy, o`rta maxsus va professional ta`lim to`g`risidagi hujjat (diplom) dublikatlarini olish istagini bildirgan fuqarolarga onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratildi (https://edu.uz/media/d63c6e2f-8071-33a3-190c-076a10cf7851.pdf).Endilikda fuqarolarning ta’lim muassasalariga borishlariga hojat qolmadi.Fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali onlayn yoki o`ziga yaqin joydagi Davlat xizmatlari markazlariga borib diplom dublikatini olish uchun so`rovnomani to`ldiradi, ortiqcha hech qanday hujjat talab etilmaydi.Murojaat etilgan kundan boshlab o`n ish kunida vakolatli organdan diplom dublikatini olib ketishi yoki fuqaro pochta xizmatidan foydalangan taqdirda o`n besh ish kunida uning yashash manziliga yetkazib berilishi mumkin.
E’LON
2022-yil 17—18-oktabr kunlari Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetida O`zbek tili va adabiyoti bo`yicha xalqaro onlayn olimpiada bo`lib o`tadi.Unda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar, xorijdagi oliy o`quv yurtlarida o`qiyotgan talabalar qatnashishi mumkin.Xalqaro olimpiada jamoalari tarkibi 4 nafargacha ishtirokchi va 1 nafar jamoa rahbaridan iborat bo`ladi.Olimpiada ikki turda o`tkaziladi va mazkur ikki tur uchun jami 100 ball olish mumkin, bular:1️⃣ ijodiy yozma ish tayyorlash (rasmlar tavsifi) – 50 ball;2️⃣ suhbat - 50 ball.Olimpiada g`oliblari va ishtirokchilari xalqaro darajadagi sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.Xalqaro olimpiada ishtirokchilarini ro`yxatga olish 15-oktabrigacha http://uzbektili.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Endi diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish mumkin
Xabaringiz bor, oliy ta’lim tizimi jarayonlari raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoit yaratish ishlari qizg`in davom etmoqda.Jumladan, oliy ta’lim muassasasini tugatganlik to`g`risidagi diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish uchun diplom.edu.uz axborot tizimi ishlab chiqildi. Tizim quyidagi jarayonlarni o`z ichiga oladi: ✅ bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;✅ diplom ma’lumotlari mavjud bo`lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali ro`yxatdan o`tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to`g`riligini tasdiqlaydi.Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.
Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish va ijara uylari bilan taminlash tizimi to`liq raqamlashtirildi
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov rahbarligida birinchi va moliya-iqtisod ishlari bo`yicha prorektorlar ishtirokida bo`lib o`tgan videoselektor yig`ilishda oliy ta`lim muassasalarining yangi o`quv yiliga tayyorgarlik holati tahlil qilindi.Shundan so`ng talabalarni yotoqxonaga joylashtirishning elektron tizimi (ttj.edu.uz) hamda talabalarni ijara uylari bilan ta`minlashga ko`maklashish maqsadida yagona elektron platforma (ijara.edu.uz) ishga tushirilganligi e`lon qilindi. Ushbu axborot tizimlarining ishlash mexanizmi, jumladan, imkoniyati va afzalliklari haqida ma`lumot berilib, platformalarning taqdimoti o`tkazildi.Keyingi masala “Mustaqillik darslari” va “Axborot va murabbiylik” soatini sifatli va yuqori saviyada tashkil etish bo`ldi.O`tgan o`quv yili mobaynida o`tkazilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarda talabalarning qamrov darajasi qoniqarsizligi to`xtalinib, bitta tadbirda 10 minglik kontingentdan oshib borsa, 200 nafar, ya`ni bor-yo`g`i 2 foiz talaba qatnashgani tanqid qilindi.Shu bois, 2022/2023-o`quv yili boshidan “Axborot va murabbiylik soatlari”ni samarali tashkil etish yuzasidan yangi tizim joriy etilishi, bu orqali ushbu masalaga jiddiy e`tibor qaratilishi ta`kidlandi.
To`lov-shartnomalarni olish to`liq raqamlashtirildi
Ma’lumki, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.Endilikda, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o`quv yilining birinchi kunidan boshlab to`lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.Buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.Shuningdek, belgilangan o`tish balini to`play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to`lov-shartnoma asosida o`qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga yangi o`quv yilining birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo`yicha batafsil ma’lumot beriladi.2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to`lov-shartnomani onlayn yuklab, to`lovni amalga oshirishlari mumkin.