Yangiliklar
KONTRAKT, YOTOQXONA VA QAYTA O`QISH UCHUN TO`LOVLARINI MOBIL ILOVALAR ORQALI TO`LANG!
Buning uchun mobil ilovada "To`lovlar" sahifasiga kiring.1. "Ta`lim" bo`limidan "OTM shartnoma to`lovi"ni tanlang.2. To`lov turidan "Kontrakt, Yotoqxona yoki kredit modul to`lovi" bandini tanlang va JSHSHIR raqamingizni kiriting.3. To`lov summasini kiriting hamda to`lovni amalga oshiring.Bunda shartnoma miqdori, to`langan summa va qarzdorlikni ham ko`rishingiz mumkin bo`ladi. Ma`lumotlar kontrakt.edu.uz platformasidan olinadi. Mobil ilovalar orqali talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to`lov qilishlari mumkin.Shuningdek, kontrakt.edu.uz tizimida qayta o`qish uchun ariza berilganda o`zlashtirilmagan fanlar to`g`risidagi ma`lumotlar avtomatik ravishda Hemis (http://hemis.uz/) dasturidan olinadi.
Jahon banki bilan oliy va professional ta’lim sohasiga doir ikki yangi loyiha ishga tushiriladi
13-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo`ng`irotboy Sharipov Jahon bankining Mintaqaviy direktori Mixal Rutkovski boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda tomonlar oliy va professional ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish va ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini yanada yaxshilash uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalasini muhokama qildilar.Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6435
pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat qabul qilish yo`lga qo`yildi.
O`rta maxsus va professional ta`lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o`tkazish va ularga malaka toifa berish bo`yicha pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat qabul qilish yo`lga qo`yildi.pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (One ID)dan ro`yxatdan o`tish (https://t.me/eduuz/19532) talab etiladi.Eslatma: Belgilangan tartibga ko`ra (https://lex.uz/docs/5641270), pedagog kadrlardan hujjatlar qabul qilish joriy yilning 1-mart sanasida to`xtatiladi.Attestatsiya jarayonlari yuzasidan savollar uchun bot:@pedagog_supportbot
KREDIT MODUL TIZIMIDA QAYTA O`QISH UCHUN TO`LOVLARINI CLICK MOBIL ILOVASI ORQALI TO`LANG!
Buning uchun Click mobil ilovasida "To`lovlar" sahifasiga kiring.1. "Ta`lim" bo`limidan "OTM shartnoma to`lovi"ni tanlang.2. To`lov turidan "Kredit modul to`lovi" bandini tanlang va JSHSHIR raqamingizni kiriting.3. To`lov summasini kiriting hamda to`lovni amalga oshiring.Bunda shartnoma miqdori, to`langan summa va qarzdorlikni ham ko`rishingiz mumkin bo`ladi. Ma`lumotlar kontrakt.edu.uz platformasidan olinadi. Click mobil ilovasi orqali talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to`lov qilishlari mumkin.Shuningdek, kontrakt.edu.uz tizimida qayta o`qish uchun ariza berilganda o`zlashtirilmagan fanlar to`g`risidagi ma`lumotlar avtomatik ravishda Hemis (http://hemis.uz/) dasturidan olinadi.
Xitoyning “ULearning” kompaniyasi bilan ta`limni raqamlashtirish borasida hamkorlikka erishildi
Xitoyning Shenjen shahridagi Huawei korporatsiyasi bosh ofisida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi Bobur Rahimov hamda “ULearning” kompaniyasi bosh direktori Christina Ng Siok Har o’rtasida uchrashuv o’tkazildi. Unda Huawei korporatsiyasi va “ULearning” kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan “Aqlli ta’lim” konsepsiyasi hamda usbu konsepsiyaning tarkibiy qismi bo’lgan “Ulearning” ta’lim jarayonini boshqarish tizimi (LMS) imkoniyatlari haqida fikr almashildi.
Siz Talabamisiz? Yotoqxonada turasizmi?
Endi, yotoqxona to`lovini onlayn to`lashingiz mumkin. To`lovlarini "Zoomrad" yoki "Click" mobil ilovasi orqali amalga oshiring!Buning uchun mobil ilovadagi "To`lovlar" sahifasiga kiring.1. "Ta`lim" bo`limidan "OTM shartnoma to`lovi"ni tanlang.2. To`lov turidan "Yotoqxona to`lovi"ni tanlang va JSHSHIR raqamingizni kiriting.3. To`lov summasini kiriting va to`lovni amalga oshiring.Agar sizning ma`lumotlaringiz to`lov tizimlaridan topilmasa, tahsil olayotgan oliy ta`lim muassasangizdagi "Talabalarni turar joy bilan ta`minlash" bo`limiga murojaat qilishingiz mumkin!
Talabaga hisoblangan stipendiyalar haqida my.gov.uz portali orqali ma`lumot olish imkoniyati yaratildi.
Buning uchun my.gov.uz portaliga (https://my.gov.uz/oz/service/963) kiring! "Ta`lim" bo`limidan "Stipendiya haqida ma`lumot (https://my.gov.uz/oz/service/963)" xizmatini tanlang.Kerakli davrni tanglang va ushbu davr bo`yicha hisoblangan stipendiyalar haqidagi ma`lumotga ega bo`ling.Shuningdek, ushbu xizmatdan talabalar HEMIS axborot tizimi (https://t.me/my_edu_uz/108)orqali ham foydalanishlari mumkin.Eslatma: Ushbu xizmat faqat hozirda tahsil olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan. O`qishni tugatgan yoki talaba bo`lmagan shaxslar uchun stipendiya ma`lumotlari mavjud emas.Stipendiya ma`lumotlari Iqtisodiyot va moliya vazirligining UzASBO tizimi orqali olinmoqda.
SHARTNOMA TO`LOVLARINI CLICK MOBIL ILOVASI ORQALI TO`LANG!
Buning uchun Click mobil ilovasida "To`lovlar" sahifasiga kiring.1. "Ta`lim" bo`limidan "OTM shartnoma to`lovi"ni tanlang.2. To`lov turini tanlang va JSHSHIR raqamini kiriting.3. To`lov summasini kiriting va to`lovni amalga oshiring.Bunda shartnoma bo`yicha oxirgi to`lov summasi va qarzdorlikni ham ko`rishingiz mumkin bo`ladi. Ma`lumotlar kontrakt.edu.uz platformasidan olinadi. Click mobil ilovasi orqali talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to`lov qilishlari mumkin.Shuningdek, shartnoma to`lovini Click mobil ilovasi orqali to`lab 1% keshbek ga (30.11.2023 y. holatiga) ega bo`lish mumkin. Shuningdek shartnoma to`lovini my.gov.uz (https://t.me/my_edu_uz/107) portaliZoomrad (https://t.me/my_edu_uz/102) mobil ilovasi PayMe (https://t.me/my_edu_uz/111) mobil ilovasi orqali onlayn to`lash imkoniyati ham mavjud
SMS bildirishnomalarni maxsus mobil ilova orqali qabul qiling!
Endilikda, Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimlaridan foydalanishda, jumladan, tizimda ro`yxatdan o`tishda yoki parolni tiklash uchun so`rov yuborishda Edu_uz qisqa raqamidan keladigan smslar va xabarlarni SMS xizmatlari mobil ilovasi orqali qabul qilishingiz mumkin.Ushbu ilova orqali my.edu.uz platformasidagi qabulga oid ariza holatlarini bildirishnomalar orqali bilib turish imkoniyati mavjud. Shuningdek, hozirgi kunda kontrakt.edu.uz tizimida shartnoma olishda tasdiqlash kodlarini ham qabul qilish mumkin.