TATUda raqamli texnologiyalar bo‘yicha Rektor kubogiga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalarining iqtidorini namoyish etish va rivojlantirish, iste’dodini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida mukofot jamg‘armasi 150 million so‘m bo‘lgan "REKTOR KUBOGI" tanloviga start berildi. Ushbu musobaqa 5 ta yo‘nalishni o‘z ichiga olgan: 1) Dasturlash bo‘yicha jamoaviy musobaqa; 2) CTF kiberxavfsizlik olimpiadasi; 3) Dronlar musobaqasi; 4) "UNICORN-AI Startup" jamoaviy tanlovi; 5) "Robototexnika" bo‘yicha musobaqalar. Shuningdek, 28-mart kuni 8 ta sovrinli yo‘nalish bo‘yicha talabalarning "Kelajak texnologiyalari" ilmiy-innovatsion ishlanmalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, bugungi kunda 2000 ga yaqin arizalar mavjud bo‘lib, bu talabalarning musobaqalarga bo‘lgan yuqori qiziqishi va faolligidan dalolat beradi. Tadbir ko‘nikmalarni namoyish etish va istiqbolli kadrlarni aniqlash maydoniga aylanadi, bu esa ularning keyingi ta’lim olishi va nufuzli ishga joylashishlariga ko‘maklashadi. Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling! Telegram: @raqamli_talim_markazi Instagram: @raqamli_talim_markazi Facebook: @raqamlitalimmarkazi
March 17, 2025

“Navruz Hackathon 2025”: Yashil texnologiyalar innovatsiyasi

18–20-mart kunlari Toshkent shahridagi INHA universiteti tomonidan “Green Tech Hackathon 2025” musobaqasi o‘tkaziladi. Ushbu musobaqa atrof-muhit muhofazasi va yashil texnologiyalar yo‘nalishida zamonaviy yechimlar ishlab chiqishga bag‘ishlanadi. 📍 O‘tkazilish joyi: 18–19-mart — INHA universiteti, Toshkent 20-mart — Raqamli texnologiyalar vazirligi Kimlar ishtirok etishi mumkin? 🟢Talabalar 🟢Soha mutaxassislari 🟢Barqaror rivojlanishga qiziqqan startapchilar va tadbirkorlar ✔️Musobaqa doirasida: 🟢Innovatsion loyihalar va MVP ishlab chiqish 🟢Yetakchi mutaxassislar va mentorlar ishtirokida mahorat darslari 🟢Yakuniy taqdimot va taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola👈 Barcha qiziqqan yoshlar va mutaxassislarni ishtirok etishga taklif qilinadi! Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling! Telegram: @raqamli_talim_markazi Instagram: @raqamli_talim_markazi Facebook: @raqamlitalimmarkazi
March 17, 2025

Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

💻 Quyida masofadan turib foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz: ✅O'qish joyidan ma'lumotnoma olish (oliy ta'lim muassasasidan) ✅O'qish joyidan ma'lumotnoma olish (akademik litsey va professional ta'lim muassasalaridan) ✅Talabaning hisoblangan stipendiyalari haqida maʼlumot olish ✅Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta'lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlarning dublikatini olish ✅Davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish ✅Talabalar turar joyiga navbatni tekshirish ✅Oliy ta'lim olganlik haqidagi diplom ma'lumotlarini qo‘shish yoki tahrirlash uchun ariza yuborish ✅O‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalarini tugatganligi to‘g‘risidagi diplom ma'lumotlarini qo‘shish yoki tahrirlash ✅Akademik maʼlumotnoma (transkript) olish ✅Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish ✅Magistratura bosqichi talabalari uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish ✅Bakalavriat talabalari uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish ✅Magistratura qabuli uchun ariza yuborish ✅Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun ariza yuborish ✅Oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasasida o'qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma'lumotnomasini olish
March 12, 2025

Jizzaxda yoshlar texnoparki faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Texnoparkning tantanali ochilish marosimida Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Savurbayev, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i hamda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, talabalar, OAV xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Ma’lumot uchun, texnopark yiliga 500 nafar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlarni veb-dasturlash, robototexnika, 3D modellashtirish, grafik dizayn, veb-dizayn, mexatronika, startaplar bilan ishlash kabi 10 dan ortiq yo‘nalishlarda o‘qitish imkoniga ega. Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling! Telegram: @raqamli_talim_markazi Instagram: @raqamli_talim_markazi Facebook: @raqamlitalimmarkazi
March 11, 2025

Axborot tizimlarini loyihalashtirish va ishlab chiqish haqida

Jamshid Mannopov - Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazida Axborot tizimlarini loyihalashtirish va ishlab chiqish bo‘limida bosh mutaxassis lavozimida faoliyat olib boradi. Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling! Telegram: @raqamli_talim_markazi Instagram: @raqamli_talim_markazi Facebook: @raqamlitalimmarkazi
March 06, 2025

Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi haqida

Mohirbek Mahmudjonov - Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazida Interaktiv davlat xizmatlarni joriy etish bo‘limi bosh mutaxassis sifatida faoliyat olib boradi. Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling! Telegram: @raqamli_talim_markazi Instagram: @raqamli_talim_markazi Facebook: @raqamlitalimmarkazi
March 05, 2025

Oliy ta’limda 35 turdagi hujjatlarni inson omilisiz olishga o‘tilgani uchun sohadagi murojaatlar 2,2 baravar kamaydi.

Prezident korrupsiyani tag-tomiri bilan quritish uchun avvalo inson omili va qog‘ozbozlikni kamaytirishga alohida e’tibor qaratilganini alohida ta’kidlab, bu borada qilingan ishlarga ba’zi misollarni keltirdi. Masalan, bundan 7-8 yil avval oliygohlarga o‘qishga kirishda “tanish-bilishchilik” avj olgan edi. Soha raqamlashdi, imtihonlar onlayn translyatsiya bo‘layapti. Avval test topshirib, to‘plagan balliga qarab, keyin oliygohni tanlash tizimi joriy qilindi. Oliy ta’limda 35 turdagi hujjatlarni inson omilisiz olishga o‘tilgani uchun sohadagi murojaatlar 2,2 baravar kamaydi. Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling! Telegram: @raqamli_talim_markazi Instagram: @raqamli_talim_markazi Facebook: @raqamlitalimmarkazi
March 05, 2025

Diqqat, eslatma!

pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan pedagog kadrlar uchun arizalarni tahrirlash va to‘lovlarni amalga oshirishga qo‘shimcha imkoniyat yaratildi O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalarining majburiy yoki navbatdan tashqari (ixtiyoriy) attestatsiyadan o‘tish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan pedagoglar joriy yilning 5-mart kuni 23:59 da qadar arizalarini qayta tahrirlashlari hamda to‘lanmagan to‘lovlarini amalga oshirishlari mumkin. ❗️O‘z vaqtida to‘lovni to‘liq amalga oshirmagan arizalar ko‘rib chiqilmasligini ma’lum qilamiz. Qo‘shimcha savollar uchun: 📩 Telegram:https://t.me/pedagog_supportbot Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling! Telegram: @raqamli_talim_markazi Instagram: @raqamli_talim_markazi Facebook: @raqamlitalimmarkazi
March 03, 2025

Davlat oliy ta'lim muassasalarida kontrakt to‘lovi asosida o'qishga tavfsiya etilgan talabalar uchun to'lov muddatlari

Yangi qabul qilingan talabalarga: To‘lovning kamida 25% qismini 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) amalga oshirish kerak. 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun: 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati tomonidan uzaytirilgan muddatgacha) to‘lovni amalga oshirish zarur. Barcha kurs talabalari uchun umumiy tartib: To‘lovning kamida 50% qismini 1-yanvargacha; 75% qismini 1-aprelgacha; 100% qismini 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati tomonidan belgilangan muddatgacha) to‘lash lozim. Xorijiy talabalar uchun to‘lov muddatlari OTM rahbariyati tomonidan belgilanadi. Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling! Telegram: @raqamli_talim_markazi Instagram: @raqamli_talim_markazi Facebook: @raqamlitalimmarkazi
March 01, 2025