Batafsil
O‘rta-maxsus, kasbiy va oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari tashkil etilishi va abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinishi to‘liq raqamlashtirilganligi haqida
March 20, 2025

Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan o‘rta-maxsus, kasbiy va oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari tashkil etilishi va abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinishi to‘liq raqamlashtirilganligi haqida xabardormisiz?
📂 Bugungi kunda markazimiz tomonidan ishlab chiqilgan raqamli platformalar orqali:
➡ Akademik litseylarga;
➡ Kasb-hunar maktablari (politexnikumlar)ga;
➡ Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlaganlarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishga;
➡ Oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni ko‘chirish va tiklashga;
➡ Oliy ta’lim muassasalarining ikkinchi mutaxassisligiga;
➡ Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish uchun onlayn ariza yuborish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan.
💻 Jamoamiz tomonidan qabul jarayonlari hech qanday muammolarsiz, shaffof o'tishini ta'minlash maqsadida qabul tizimlarimizga sun'iy intellekt texnologiyalari shu bilan birga fuqaro ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida axborot xavfsizligini yanada kuchaytirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling!
Telegram: @raqamli_talim_markazi
Instagram: @raqamli_talim_markazi
Facebook: @raqamlitalimmarkazi