Yangiliklar
Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshiruvchi talabgorlar diqqatiga!
2025-yil navbatdagi chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim orqali onlayn hujjatlar topshirish boshlanmoqda.
Hujjatlar 2025-yil 15-yanvardan 15-fevralga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.
Talabgor hujjatlari ilmiy yoki taʼlim tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilib qabul qilinadi yoki rad etiladi.
Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Prezident stipendiyasi g‘oliblari tasdiqlandi!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarori bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichining 20 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi sifatida tasdiqlandi.
Shuningdek, tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo‘lmagan talabalar ham tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan rag‘batlantiriladi.
Jumladan:
Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilgan ammo sovrindor bo‘la olmagan talabgorlarga bazaviy stipendiya miqdorining 5 baravari;
Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabgorlari esa, bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablag‘i bilan mukofotlanadi.
Ma’lumot uchun, joriy o‘quv yilida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha jami 124 nafar talabgor nomzodlarning hujjatlari taqdim etilib, 20 ta yo‘nalishda tanlovning so‘nggi - suhbat bosqichiga tavsiya etilgan 57 nafar talabgor bilan alohida suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat natijasi Maxsus tanlov komissiyasi tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan g‘oliblar tavsiya etildi.
Prezident davlat stipendiyasi g‘oliblari ro‘yxati
Prezident davlat stipendiyalariga talabgorlar o`rtasida saralash tanlovi o`tkaziladi
Respublika oliy ta`lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarda ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug`ullanayotgan, salmoqli natijalarga erishgan 2-bosqich tayanch doktorantlarni (PhD) qo`llab-quvvatlash va munosib rag`batlantirish maqsadida 2024-yilning 27-dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalariga talabgorlar o`rtasida saralash tanlovi tashkil etiladi.Tanlov quyidagi yo`nalishlar bo`yicha o`tkazilishi belgilangan:✅Tabiiy va aniq fanlar (3 ta kvota)✅Ijtimoiy-gumanitar fanlar (3 ta kvota)✅Texnika va texnologiya (2 ta kvota)✅Sog`liqni saqlash (1 ta kvota)✅Qishloq xo`jaligi (1 ta kvota).2024-yilning 1-31-oktyabr kunlari stipendiya.edu.uz portali orqali 72 ta xujjat kelib tushdi. Shundan 68 nafar talabgor hujjati qabul qilindi. Talabgorlar 17 dekabr kuni axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, O`zbekiston tarixi bo`yicha maxsus test sinovlarini topshirdi. Test sinovlarida 68 nafar nomzoddan 64 nafari ishtirok etdi.
Vazir: Liderlik – bu odamlarni yangi marralarga ilhomlantirish, ularga yo`l ko`rsatish va imkoniyat yaratishdir
21-dekabr kuni Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo`ng`irotboy Sharipov Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida ikki yuzdan ortiq oliy ta`lim muassasalari yoshlar yetakchilari bilan uchrashib, ularning rahbarlik va tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot qildi.Uchrashuv davomida vazir yoshlar yetakchilarining mas`uliyatli vazifalarini ta`kidlab, ularning talabalar iqtidorini namoyon qilish, rahbarlik qobiliyatini shakllantirish va soha rivojiga hissa qo`shishdagi ahamiyatini qayd etdi. Vazir o`z nutqida shunday dedi: “Liderlik – bu odamlarni yangi marralarga ilhomlantirish, ularga yo`l ko`rsatish va imkoniyat yaratishdir. Sizning yetakchilik sifatlaringizni rivojlantirish uchun har bir imkoniyatdan foydalaning. Muvaffaqiyat faqat katta yutuqlar bilan o`lchanmaydi, balki qat`iyatli va maqsadli kichik qadamlar orqali ham katta o`zgarishlar yaratish mumkin”.Uchrashuv yoshlarni ilhomlantirish va kelajakda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo`shadigan rahbar kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladigan muhim tashabbus bo`ldi.
“Huawei ICT Competition 2024/2025” mintaqaviy finalida o`zbekistonlik o`qituvchi va talabalar taqdirlandi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida “Huawei ICT Competition 2024/2025” AKT bo`yicha mintaqaviy tanlov g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Toshkent shahridagi Inha universitetining 6 nafar talabasi “Huawei ICT Academy”ning 10 yilligini nishonlashga bag`ishlangan final bosqichi va tadbirlarida ishtirok etishdi.“Huawei ICT Competition 2024/2025” AKT tanlovining final bosqichida TATUning 3 nafar talabasi tomonidan taqdim etilgan “Sahiya” loyihasi 1-o`rinni egalladi va hakamlar hay’ati tomonidan raqamli inklyuziyadagi innovatsiyalar uchun taqdirlandi.Shuningdek, tanlovning amaliyot bellashuvida ishtirok etgan TATU va Inha universiteti talabalaridan iborat jamoa 3-o`rinni egallab, mukofotlandi.Marosimda TATU o`qituvchisi Azamat Qodirov “Outstanding new instructor” nominatsiyasida “Huawei ICT Academy”ning 50 dan ortiq talabalarini o`qitgani, HCIA xalqaro sertifikatini olganligi va Akademiyaning universitetdagi AKT faoliyatining ajoyib natijalari uchun mukofotlandi.
4may kuni “Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali” yopilish marosimi bo’lib o’tdi.
4-may kuni Mudofaa vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda o’tkazilgan “Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali” yopilish marosimi bo’lib o’tdi.Festival doirasida o`tkazilgan robototexnika, kibersport, dronreysing, 3D modellashtirish, dronlarni loyihalashtirish va dasturlash bo`yicha musobaqalari g`oliblari taqdirlandi. Bundan tashqari, Yoshlar akademiyasi rahbari Akbarxon Sobirxonov Mudofaa vazirining II darajali namunali xizmati uchun ko`krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar 1-iyunga qadar qabul qilinadi
Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar 1-iyunga qadar qabul qilinadiVazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2024-yil 3-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlan). Hujjatlar joriy yilning 1-iyunga qadar qabul qilinadi.Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo`yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.Ma’lumot uchun, yuborilgan hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkilot tomonidan ko`rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.Eslatma: Mustaqil izlanuvchilik(PhD, DSc)ga til sertifikati talab etilmaydi.
Vazirlik tizim tashkilotlari hamda oliy ta`lim muassasalarining yuridik xizmat va kadrlar bo`limi xodimlari uchun seminar tashkil etildi
Vazirlik tizim tashkilotlari hamda oliy ta`lim muassasalarining yuridik xizmat va kadrlar bo`limi xodimlari uchun seminar tashkil etildiUnda mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishini ta`minlash, tasarrufdagi oliy ta`lim muassasalari, texnikumlar va tizim tashkilotlarida ish beruvchi va xodimlar o`rtasidagi mehnat nizolarining oldini olish, mehnat qonunchiligini qo`llash bo`yicha vazirlik tizimida yagona amaliyotini shakllantirish masalalari muhokama qilinib, 2023-yil 30-apreldan kuchga kirgan Mehnat kodeksini amaliyotda qo`llash yuzasidan muhim ma`lumotlar berildi.Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/10568
“MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” onlayn olimpiadasi o`tkazilmoqda
“15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o`rtasida “MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” onlayn olimpiadasi o`tkazilmoqda.Tanlov ikki bosqichda bo`lib o`tadi:1-bosqich 2024-yil 6-mart kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining olimpiada.edu.uz elektron tizimida ro`yxatdan o`tgan talabalar o`rtasida test savollari;2-bosqich 2024-yil 12-mart kuni test natijalaridan saralab olingan 16 nafar talabalar bilan onlayn savol-javob tarzida amalga oshiriladi.G`oliblarni qimmatbaho sovg`alar kutmoqdaEhtimoliy test savollarini Qo`mitaning @RaqobatGovUz Telegram kanalida kuzatib boring.Batafsil ma’lumot:raqobat.gov.uz (71) 207-47-00 (321)