Yangiliklar
Namangan davlat texnika universiteti tashkil etiladi
“Namangan davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-23-son, 24.01.2025-y.) qabul qilindi.
🔰Qarorga ko‘ra, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan to‘qimachilik sanoati instituti negizida Namangan davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
✔️ Muhandislik, qurilish, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari va dasturlash, ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq oliy ma’lumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
✅ Universitetda yuridik shaxs maqomisiz Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi.
🔹2025/2026-o‘quv yilidan ish beruvchi korxona va tashkilotlarning real muammolari asosida bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bankini shakllantirish va talabalarning bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiya himoyalarini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda tashkil etish choralari ko‘riladi.
🔸2026/2027-o‘quv yiligacha Universitetning kamida ikkita bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va uchta magistratura mutaxassisligining xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan o‘tkazilishi ta’minlanadi.
🗓 2025-yildan yirik ishlab chiqarish korxonalari Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.
📕 Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Namangan to‘qimachilik sanoati institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi va 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchilarga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.
Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi
“Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-24-son, 25.01.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi.
Quyidagilar Universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi, jumladan:
➡️muhandislik, qurilish, logistika, axborot texnologiyalari va dasturlash, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati hamda iqtisodiy va ijtimoiy soha uchun xalqaro standartlarga muvofiq oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash;
➡️o‘quv dasturlarini xorijiy, shu jumladan, Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida joriy etish hamda ilmiy-tadqiqotlar olib borish.
📝 Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi hamda o‘z faoliyatini O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiradi.
🗓 2025/2026-o‘quv yilidan Universitetda ta’lim jarayoni ta’lim sohasida xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kirgan, shuningdek, o‘z yo‘nalishida yetakchi hisoblangan Turkiya Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quv dasturlari asosida tashkil etiladi.
✔️Universitetda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va to‘lov-kontrakt miqdori Universitet tomonidan belgilanadi.
▪️Universitet faoliyatini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqaruv kengashi tashkil etiladi.
Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi
“Buxoro davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-22-son, 24.01.2025-y.) qabul qilindi.
🔰Qarorga ko‘ra, >Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti negizida Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
📌 Muhandislik, ishlab chiqarish, oziq-ovqat texnologiyasi, yengil sanoat, neft va gaz, yashil energetika, arxitektura va qurilish, transport va logistika, agrotexnologiya, axborot texnologiyalari va dasturlash sohalari bo‘yicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq oliy ma’lumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
🖥 Universitetda neft va gaz muhandisligi sohasida Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
✅ 2025/2026-o‘quv yilidan:
➡️Universitet talabalarining fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va professor-o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi joriy etiladi;
➡️Universitet professor-o‘qituvchilari va doktorantlari yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuboriladi;
➡️Yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarni Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi;
➡️2026-yil 1-yanvardan Universitetga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.
Ta'lim sohasidagi katta qadam!
Toshkent Xalqaro universiteti Turkiy universitetlar ittifoqiga raislikni qabul qildi
22-yanvar kuni Toshkentda Turkiy Universitetlar Ittifoqi (TURKUNIB) raisligini Ozarbayjon Davlat Iqtisodiyot universitetidan Toshkent Xalqaro universitetiga rasmiy topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Guseyn Guliyev, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibining o‘rinbosari Mirvohid Azimov, Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti rektori Adelet Muradov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vaziri maslahatchisi Bobur Rahimov hamda O‘zbekistondagi nufuzli universitetlar rektorlari ishtirok etishdi.
Marosimda Turkiy Universitetlar Ittifoqining kelgusi ikki yillik faoliyatini boshqarish mas’uliyati va sharafli burchi Toshkent Xalqaro Universitetiga rasmiy ravishda topshirildi.
So‘zga chiqqanlar qayd etganidek, ushbu o‘zgarish orqali Ittifoqning yangi rahbariyati ilm-fan, ta’lim sohasida, turkiy davlatlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, o‘quv dasturlarini yangilash, talabalar va ilmiy xodimlar almashinuvi, shuningdek, yosh avlodni bilimli va zukko tarzda tarbiyalashda o‘zining ulkan hissasini qo‘shadi.
Shuningdek, tadbirda talabalar tomonidan O‘zbekiston va Ozarbayjon milliy kuy va raqslarining ijrosi yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.
2025-yilda oliy ta’limda ilmiy salohiyatni 55 foizga chiqarish, xorijda 5 ming nafar pedagog malakasini oshirish rejalashtirilgan. Ilg‘or muhandislik maktablarini 25 taga yetkazib, sanoat korxonalari bilan loyihalar qiymatini 10 barobar oshirish maqsad qilingan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.
Prezident qarori: “Cyber university” davlat universiteti tashkil etiladi
“Cyber university” davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-yanvardagi PQ-14-son qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Universitetning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:
– axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-taxdiliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash;
– raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
– o‘quv jarayonini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish hamda ochiq axborot-ta’lim muhitining rivojlanishiga ko‘maklashish;
– yoshlarning bilim olishi va kasb egallashiga qo‘shimcha shart- sharoitlar yaratish, davlat organlari, korxonalari hamda boshqa tashkilotlarni kadrlar bilan ta’minlashda saralash va qamrovni kengaytirish;
– o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda yetakchi respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, raqamli texnologiyalar ishlab chiquvchilari va iste’molchilari, boshqa sohaviy korxonalar bilan hamkorlik qilish;
– tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv- metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish.
Batafsil: https://digital.uz/oz/news/view/33659
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda
iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:
- tinglab tushunish;
- o‘qish;
- grammatika;
- yozish;
- gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.
Mazkur imtihon uchun talabgorlar 10-fevralga qadar ro‘yxatga olinadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service
Imtihon 12-fevral kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) o‘tkaziladi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.
iTEP uchun mock test www.iteptest.com
@bba_ilmiy_markaz
(95) 515-68-68
daraja.ilmiy.uz platformasi orqali ariza yuborish boʻyicha video yoʻriqnoma
Eslatma: 2025-yil navbatdagi chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar Yagona elektron tizim orqali 2025-yil 15-fevralga qadar onlayn hujjatlar qabul qilinadi.
Talabgor hujjatlari ilmiy yoki taʼlim tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilib, qabul qilinadi yoki rad etiladi.
Malaka toifa berish uchun pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjatlar qabul qilinmoqda.
Kasbiy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifa berish uchun pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjatlar qabul qilinmoqda.
pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (One ID)dan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Eslatma: Belgilangan tartibga koʻra, pedagog kadrlardan hujjatlar qabul qilish joriy yilning 1-mart sanasida to‘xtatiladi.
Attestatsiya jarayonlari yuzasidan savollar uchun bot:
@pedagog_supportbot
Ariza yuborish bo‘yicha yo‘riqnoma yuqorida 👆