Yangiliklar
Vazirlik Markaziy apparati kengaytirilib, vazifalar qayta taqsimlandi
Prezidentning "Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori bilan vazirlik Markaziy apparati kengaytirilib, vazifalar qayta taqsimlandi. Jumladan: Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining professional ta`limni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimi kiritildi; Professional ta`lim-o`quv metodik muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi negizida Professional ta`lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish Departamenti tashkil etildi. Mazkur Departamentda 30 shtat birligidagi 4 ta Boshqarma faoliyati yo`lga qo`yildi. Shuningdek, vazirlik huzuridagi: Ma`naviyat va ma`rifat markazi — Talaba va o`quvchilarning ma`naviy yuksalishiga ko`maklashish markazi; Ta`lim muassasalarida elektron ta`limni joriy etish markazi — Raqamli ta`lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi deb qayta nomlandi.
ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!! 2022/2023 o`quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi
Prezidentning "Davlat oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to`g`risida"gi qaroriga muvofiq “2022/2023 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to`g`risida”gi Farmoyishi qabul qilindi.Unga ko`ra o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari umumiy kvotasi 121 395 nafar etib belgilandi.BAKALAVRIAT – 110 707 nafar:kunduzgi ta`lim shakliga – 77 477 nafar;sirtqi ta`lim shakliga – 26 095 nafar nafar;kechki ta`lim shakliga – 3 725 nafar;masofaviy ta`lim shakliga – 3 410 nafar;MAGISTRATURA – 10 688 nafar.Shuningdek, moliyaviy mustaqillik berilgan 36 ta davlat oliy ta`lim muassasalari to`lov-kontrakt bo`yicha yana 50 mingdan ortiq qabul parametrlari Kuzatuv kengashlari qarori bilan tasdiqlanishi rejalashtirilgan. Natijada joriy o`quv yilida qabul parametrlari o`tgan yilga nisbatan oshadi.
Endi oliy ta`lim muassasalariga qabul 20 iyundan boshlanadi
2022/2023 o`quv yili uchun respublika oliy ta`lim muassasalariga abiturient sifatida ro`yxatdan o`tish jarayonlari 2022 yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (joriy kun ham) bo`lib o`tadi. Bunda onlayn ro`yxatdan o`tish:Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali;Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali orqali amalga oshiriladi.Chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o`tkaziladigan ta`lim yo`nalishlariga onlayn ro`yxatdan o`tish 10 iyuliga qadar (10 iyulь kuni ham) amalga oshiriladi.Joriy yil ham 5 tagacha ta`lim yo`nalishini tanlash mumkin Qarorga ko`ra abiturientlarga:-test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo`lgan beshtagacha bakalavriat ta`lim yo`nalishlarini hamda bir vaqtning o`zida barcha ta`lim shakllarini tanlash huquqi beriladi;-ro`yxatdan o`tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta`lim yo`nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to`lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.
Matbuot anjumani
Bu yilgi qabul jarayonidagi muhim yangiliklar — ijodiy imtihon topshiruvchi abiturientlar ham 3 ta majburiy fanlardan test topshirishadi;— o`qishga kirish imtiyozlarining kvotalari alohida qilinadi;— xorijiy va nodavlat oliy ta`lim muassasalariga davlat tomonidan 500 ta grant ajratiladi;— xorijiy OTMlar uchun ajratiladigan kvota bu yil 2 baravarga oshiriladi. YouTube orqali ko`rish.
Your browser does not support the video tag.
Qabul jarayonidagi o`zgarishlar
— talabalar endi masofaviy ta`lim olishlari mumkin;
— xorijiy OTMlar uchun ajratiladigan kvota bu yil 2 baravarga oshiriladi;
— 5 yillik ish stajiga ega bo`lgan mutaxassis xotin-qizlar uchun 500 ta kvota ajratiladi;
— endilikda mustaqil/xorijiy oliy ta`lim muassasalari har yili o`qishga kirish kvotalarini o`zlari belgilaydi;
— 6 ta OTMda chet tili sertifikatiga ega bo`lgan abiturientlarga maksimal ball qo`shib beriladi.
YouTube orqali ko`rish.
Your browser does not support the video tag.
EDU.UZ Mobil ilovasi endi APP STORE da
Elektron ta`lim markazi tomonidan“iOS” tizimidagi qurilmalar uchun AppStore platformasida “Edu.uz mobile” ilovasi ishga tushirildi.Ilovada oliy, o`rta maxsus hamda professional ta`lim tizimiga oid so`nggi yangiliklardan tezkor xabardor bo`lish mumkin.Shuningdek, ilova orqali foydalanuvchilar uchun ta`lim muassasalari haqidagi video hamda foto ma`lumotlarni oson ko`rish, interaktiv xizmatlardan samarali foydalanish imkoniyati mavjud.Ilovani yuklab olish: AppStoreBizni kuzatib boring@elektron_talim_markazi
E`LON!
100 mln so`m mukofot jamg`armasi bo`lgan “IT MARAFON-2022”ga start berildiToshkent axborot texnologiyalari universitetida bo`lib o`tadigan “IT MARAFON-2022”ga yurtimizdagi barcha ta`lim muassasalarining 12—25 yoshgacha bo`lgan O`QUVCHILАR, TАLАBАLАR va DАSTURLАSHGА QIZIQUVCHI YOSHLАR taklif etiladi!Tanlov bugun, 2 iyun kuni onlayn tarzda hamda 5 iyun kuni oflayn shaklda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o`tkaziladi. Batafsil ma`lumot
Ro`yxatdan o`tish
Endi magistraturaga qabul ikki marta bo`ladi
Joriy o`quv yilidan boshlab davlat oliy ta`lim muassasalarida:➖magistraturaga qabul abiturientning bakalavriat diplom bali o`rtacha ko`rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo`yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi, mutaxassislik fanidan imtihon o`tkazilmaydi. Bunda magistraturaga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi.Qo`shimcha to`ldirishMagistraturaga qabul ikki marta amalga oshirilganda:avgust oyidagi qabul – navbatdagi o`quv yili uchun tasdiqlangan davlat granti va to`lov-kontrakt asosidagi kvotalar uchun;yanvar oyidagi qabul – yozda to`lmay qolgan o`rinlar hamda Davlat qabul komissiyasi tasdiqlangan kontrakt asosidagi qo`shimcha kvotalar uchun bo`ladi.
“Bir million o`zbek dasturchilari”
“Bir million o`zbek dasturchilari” dasturiga qo`shiling – bizning ochiq onlayn-platformamizdagi ajoyib bepul kurslar yordamida yuqori malakali dasturchiga aylaning! uzbekcoders.uz
DIQQAT!!! HURMATLI TALABALAR!
Toshkent shahridagi INHA universiteti tashabbusi bilan iqtidorli talaba va yoshlar tomonidan IT texnologiyalarni qo`llash, jamoada ishlash, marketing va tadbirkorlikka oid bilim va ko`nikmalarini rivojlantirish, yoshlarni zamonaviy texnologiyalar va Axborot kommunikatsiya texnologiyalariga qiziqishini oshirish maqsadida IT sohasi bo`yicha "Dasturlash" musobaqasi tashkil etildi.MUSOBAQA 3 TA YO`NALISHDAN IBORAT:1.Talabalar va ta’lim;2.Tadbirkorlik;3.Moliya sohasidagi texnologiyalar;Musobaqada IT va tadbirkorlikka qiziqishi bor bo`lgan O`zbekiston hududidagi o`quv muassasalarining (maktab, kollej, litsey, OTMlar) tinglovchilari qatnashishi mumkin.G`oliblar uchun sovrinlar sifatida zamonaviy kompyuterlar, IPad planshetlari hamda boshqa sovg`alar qo`yilgan, To`liq ma’lumotni https://contests.inha.uz/ saytidan olishingiz mumkin.