Yangiliklar
Oliy ta`lim tizimida raqamlashtirilgan loyihalar taqdimot qilindi
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi Elektron ta`lim markazi direktori Alisher Abdullaev “Raqamli Toshkent” vaziyatlar markazida mahalliy hokimliklar vakillari uchun Oliy ta`lim tizimini raqamlashtirish bo`yicha vazirlik tomonidan amalga oshirilgan loyihalar to`g`risida taqdimot qildi.
Taqdimotda:• “Oliy ta`lim jarayonlarini boshqarish – HEMIS” axborot tizimini joriy etish va rivojlantirish;• QR kodli to`lov-shartnoma va diplomni shakllantirish;• Axborot tizimlarini joriy etish natijasida erishilgan iqtisodiy samaradorlik;• 2021 yilda joriy etilgan axborot tizimlari;• 2022 yilda joriy etilishi rejalashtirilgan loyihalar to`g`risida batafsil ma`lumot berildi. Bizni kuzatib boring
IT sohasiga qiziquvchi yoshlar diqqatiga
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazda dasturchi va “Tarmoq administratori” kurslariga qabul boshlandiDarslar haftasiga 3-marta 2 soatdan bo`lib, 6 oy davom etadi. Kurslar davomida siz faqat real loyihalar bilan ishlab, yakunda to`liq shaxsiy portfolio bilan Bosh ilmiy-metodik markaz tomonidan sertifikatga ega bo`lasiz.
Telefon: +99871-202-01-15
Yagona identifikasiya tizimi — id.egov.uz`dan ro`yxatdan o`tish
Ma`lumki, elektron hukumatning muhim tarkibiy qismlaridan biri – bu Yagona identifikasiya tizimi, ya`ni ONE ID hisoblanadi. Ro`yxatdan o`ting va elektron hukumatning barcha imkoniyatlaridan foydalaning!
Your browser does not support the video tag.
Foydalanuvchilar diqqatiga: Tizimning eski versiyasi — id.gov.uz saytidagi login va parolingiz orqali tizimning yangi versiyasiga (id.egov.uz) ham kirishingiz mumkin. Tizim bo`yicha savollaringiz bo`lsa yagona qo`llab-quvvatlash markaziga murojaat qiling: @iduzsupportBizni kuzatib boring
Oliy va professional ta`lim tizimidagi yangi vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlov e`lon qilindi
Your browser does not support the video tag.
Oliy va professional ta`lim tizimidagi yangi vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlov e`lon qilindiOliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hududiy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlov e`lon qiladi: Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar www.vacancy.edu.uz orqali ro`yxatdan o`tishlari, vakant bo`lgan lavozimga so`ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Yagona identifikasiya tizimi — id.egov.uz`dan ro`yxatdan o`tish bo`yicha videoqo`llanma
Ixtisoslashtirilgan umumta`lim kasb-hunar maktabida “Navro`z” bayrami nishonlandi
Mirzo Ulug`bek tumanidagi Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabida “Navro`z” bayrami o`tkazildi.Karnay-surnay sadolari ostida boshlangan mazkur bayram tadbiriga kasb-hunar maktabi o`quvchilari, O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat institutining fol`klor jamoasi hamda o`zbek milliy estrada yo`nalishida ijod qilib kelayotgan bir qancha taniqli san`atkorlar tashrif buyurishdi. Mehmonlar bahor bayrami nafasi ufurib turgan binoga kirishi bilanoq, ikki yonda o`quvchilar tomonidan yaratilgan turli ijodiy va milliy hunarmandchilik namunalaridan iborat ko`rgazmaga duch kelishdi. Jumladan, rastalarda milliy hunarmandchilik namunalaridan — to`quvchilik, tikuvchilik, so`zana, kosiblik, qo`lda yaratilgan teleradio qurilmalari, bundan tashqari, maishiy xizmat ko`rsatish jihozlari, milliy va zamonaviy uslubda tikilgan kiyim-kechaklar, poy`abzallar, rang-barang jimjimador toshlar-u marjonlar bilan yasalgan ikubanalar namoyish etildi. Hayratlanarlisi, o`quvchilar imkoniyati cheklangan bo`lishiga qaramasdan, aslida ularning katta yurak va nozik did sohiblari ekanligi, qalblarining bir burchida hayotga bo`lgan muhabbat, bilim va hunar egallashga nisbatan qiziqish, bir so`z bilan aytganda, kelajakka teran boqib, oliy ezgu maqsadlar sari intilish ular yaratgan san`at asarlarida mujassam edi. Badiiy-havaskorlik va professional jamoalarning chiqishlari, o`quvchilar tomonidan ijro etilgan “Kelin salom”-u laparlar, el ardog`idagi san`atkorlar tomonidan ijro etilgan klassik qo`shiqlar va xalqchil raqslar esa bayram ishtirokchilariga madaniy hordiq ulashdi. “Bayram” dasturi boshidan yakuniga qadar imkoniyati cheklangan o`quvchilar uchun maxsus surdo tilida yetkazib turildi.
Abituriyentlar va ularning ustozlari uchun ajoyib Telegrambot!
Abituriyentlar va ularning ustozlari uchun ajoyib Telegram-bot!
Keyingi o`quv yiliga qabul yaqinlashgani sari fuqarolar, xususan abiturientlar va ularning ustozlarini ayni savollar juda ko`p qiynaydi.
O`tgan yili o`tish bali necha bo`lgan?
Yo`nalishlar bo`yicha-chi?
Balim yetadigan yo`nalishni qanday topsam bo`ladi?
Men tanlagan yo`nalishda o`zi qaysi fanlardan imtihon bo`ladi?
Endi yuqoridagi savollarga oson javob olishingiz mumkin.
Xo`sh, nima qilish kerak?
1. Avvalo, @Mandat_2022bot’ga kiring;
2. O`zingizga kerakli bo`limni tanlang;
3. To`liq ma`lumotga ega bo`ling.
Tanlagan sohangizga mos yo`nalishlar haqida to`liq ma`lumot oling. Zero, to`g`ri tanlov muvaffaqiyat garovidir.
Eslatma: Bot imkoniyatlari cheksiz! @Mandat_2022bot orqali 2021/2022 o`quv yilida Davlat test markazi tomonidan o`tkazilgan kirish imtihonlari natijalarini o`zingizga qulay shaklda (ballar, yo`nalishlar, oliygohlar kesimida) olishingiz mumkin.
@mandat_2022bot
Botdan foydalanish mutlaqo bepul!
O‘zbekiston IT-mutaxassislari va IT-kompaniyalari uchun jozibador hududga aylanmoqda.
2022-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda xorijiy investorlar, IT-kompaniyalar ta’sischilari va IT-mutaxassislari uchun xorijiy fuqarolarning Respublikada bo‘lish muddatini soddalashtiradigan IT-Viza berilishi boshlanadi.
Your browser does not support the video tag.
Axborot texnologiyalari sohasida xorijlik mutaxassislar uchun yaratilgan barcha sharoitlar haqida batafsil maʼlumotni videoda koʻring.
Bizning sahifalar
А.TOSHQULOV:2021-YILDA 64 TA OTM ХALQARO BAZADA BIRORTA HAM ILMIY MAQOLA CHOP ETMAGAN
Vazir А.Toshqulov olib borgan onlayn formatdagi yigʼilishda tizimdagi 3400 dan ortiq masʼullar, xususan, OTM rektor va filial direktorlari, prorektorlar, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar boʼlimi (boshqarma) boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Unda 2021 yilda ilmiy sohada olib borilgan ishlar natijasi, jumladan, ilmiy yutuqlar va kamchiliklar tahliliy-tanqidiy muhokama qilindi. Shuningdek, sohani yangi bosqichga olib chiqish boʼyicha takliflar oʼrtaga tashlanib, oʼzaro fikr almashildi.
Dastlab vazir davlatimiz rahbari hamda hukumat tomonidan ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish boʼyicha belgilab berilgan topshiriqlarning bajarilish holatini tahlil qilib va oʼtgan vaqt mobaynida erishilgan yutuqlarga toʼxtalib oʼtdi.
Soʼnggi 3 yilda ilmiy darajali pedagoglar ulushi respublika boʼyicha 37,2 foizdan 39,3 foizga oʼsdi.
2021 yilda 204 ta fan doktori (DSc), 1521 ta falsafa doktori (PhD) himoyasi boʼldi. Bunda himoyalar boʼyicha 2020 yilga nisbatan oʼsish tegishincha 21% va 44% oshganligini koʼrsatmoqda.
Bugungi kunda, respublikaning 11 ta oliy taʼlim muassasasida ilmiy salohiyat 50 foizdan yuqori.
Jumladan, 2021 yil va 2022 yilning oʼtgan davrida Oʼzbekiston milliy universiteti – 163 ta, Toshkent davlat pedagogika universiteti – 127 ta, Samarqand davlat universiteti - 98 ta, Buxoro davlat tibbiyot instituti – 71 ta, Termiz davlat universiteti – 66 ta, Toshkent moliya instituti – 65 ta dissertatsiyalar himoyalari oʼtkazilgan.
Shuningdek, yigʼilishda erishilgan natijalar bilan bir qatorda ayrim oliy taʼlim muassasalari masʼullarining sohadagi sustkashliklari hamda yoʼl qoʼygan kamchiliklari ham tanqid qilindi. Jumladan:
Vazirlik topshiriqlari ijrosi yuzasidan 2021 yildagi ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektorlar faoliyati natijalari 7 ta mezon asosida tahlil qilinganda, 23 ta OTM ilmiy ishlar, innovatsiyalar hamda xalqaro hamkorlik boʼyicha prorektorlar oʼz vazifasiga jiddiy yondashmaganligi, masʼuliyatsizlik qilganligi, bu borada birorta ham oliy taʼlim muassasani namuna sifatida koʼrsatib boʼlmasligi afsus bilan tilga olindi.
Eng kam dissertatsiya himoyalari boʼlgan oliy taʼlim muassasalari sifatida Аndijon mashinasozlik instituti (12 ta), Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (12 ta), Oʼzbekiston davlat konservatoriyasi (4 ta), Oʼzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti (3 ta) sanab oʼtildi.
Bundan tashqari, 2021 yilda oliy taʼlim muassasalari uchun davlat byudjetidan ajratilgan mablagʼlarni samarali oʼzlashtirilmagani tanqid qilindi.
– Shu narsaga amin boʼlyapmizki, shu oliy taʼlim muassasalari davlat byudjetidan ajratilgan mablagʼlarni samarali oʼzlashtirmagani uchun ham ularda ilmiy salohiyat past, – dedi А.Toshqulov.
Jizzax politexnika instituti (17,6%), Nukus davlat pedagogika instituti (16,6 %), Milliy rassomlik va dizayn instituti (15,4%), Oʼzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (12,5%), Chirchiq davlat pedagogika instituti (2,8%)da esa oʼz muddatida himoya qilish koʼrsatkichi oʼrtacha 20% dan past ekanligi tanqid qilindi. OTMda 2021 yilda «Scopus» xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasidagi ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar soni 100 nafar professor-oʼqituvchilarga nisbatan tahlil qilinganda bu koʼrsatkich oʼrtacha 6,5 ni tashkil etgan.
Bunda, 4 ta (Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti – 0,9; Аndijon davlat tibbiyot instituti – 0,7; Samarqand iqtisodiyot va servis instituti – 0,5; Nukus davlat pedagogika instituti – 0,4) oliy taʼlim muassasasida bu koʼrsatkich 1 ga ham yetmasligi alohida taʼkidlandi.
Eng achinarlisi, 64 ta oliy taʼlim muassasasida «Scopus» xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasidagi ilmiy jurnallarda birorta ham maqola chop etilmagan.
32 ta oliy taʼlim muassasalari va filiallarda davlat dasturi doirasidagi ilmiy loyihalardan moliyaviy tushumlar boʼlmagan hamda 27 ta oliy taʼlim muassasasida 2021 yil davomida birorta ham xoʼjalik shartnomalar bajarilmagan.
Shundan soʼng soʼzga chiqqan vazirning fan va innovitsiyalar boʼyicha oʼrinbosari R.Hakimov 2022 yilda doktoranturaga qabul kvotasi soni 2021 yilga nisbatan 100 foizga oshirilib, oliy taʼlim muassasalarida jami 2784 ta (2604 ta PhD, 180 ta DSc) hamda stajyor-tadqiqotchilikka 360 ta kvota ajratilgani haqida maʼlumot berdi.
Qayd etilganidek, 2021 yilda «Scopus» xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasidagi ilmiy jurnallarda jami 4361 ta maqola chop etilgan. Аmmo shundan 972 ta (22%) ilmiy maqola indeksatsiya qilinmagan, yaʼni yirtqich (xishnik) jurnallarda chop etilgan.
Shuningdek, yigʼilish davomida barcha hududlarda ilmiy tadqiqot bilan shugʼullanayotganlarni turar-joylar bilan taʼminlash, ilmiy faoliyat bilan mashgʼul yoshlarni munosib ragʼbatlantirish mexnizmini ishlab chiqish, rektorlar har chorakda kamida bir marotaba shaxsan doktorantlar bilan yuzma-yuz uchrashib, ular muammolarini hal qilish tizimini yoʼlga qoʼyish takliflari bildirildi.
Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish orqali ilmiy salohiyatni oshirish mumkinligi alohida taʼkidlandi.
Yigʼilish yakunida barcha masʼullarga koʼtarilgan masalalar boʼyicha amalga oshiriladigan aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.
Bundan buyon yiliga 2 marotaba ana shunday formatda yigʼilib, natijalar boʼyicha OTM rahbarlari faoliyatiga baho beriladi va ular uchun zarur xulosalar chiqariladi.
Aylanma varaqani to'ldirish amaliyoti raqamlashtirildi
Taʼlim muassasalarini tugatganda yoki oʻqishni bir taʼlim muassasasidan boshqasiga koʻchirganda aylanma varaqani toʻldirish amaliyoti bekor qilinib “HEMIS” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Bunda:
1) Talaba o'z profili orqali elektron aylanma varaqasini olish uchun so’rov jo’natish imkoniyatiga ega bo'ladi;
2) Oliy taʼlim muassasasidagi buxgaltegriya va kadrlar boʻlimi, fakultet dekanati, axborot resurs markazi hamda yotoqxona masʼullari tomonidan talabaning elektron aylanma varaqasi shakllantiriladi;
3) Talaba o’z profili orqali shakllantirilgan aylanma varaqa va unga kiritilgan izohlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladi.