Magistraturaga qabul boshlandi


July 01, 2022

blog-details-img
2022-yil 1-iyuldan respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro`yxatdan o`tkazish jarayoni boshlandi. 


2022/2023-o`quv yili uchun davlat OTMning magistratura mutaxassisliklariga o`qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz veb-sayti orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. 


Eslatib o`tamiz, 2022/2023-o`quv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o`rtacha ko`rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo`yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qat`iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qo`shimcha imtihon o`tkazilmaydi.


Shu o`rinda, magistratura mutaxassisliklari hamda oliy ta`limdan keyingi ta`lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin bo`ladi.