Vazirlik Markaziy apparati kengaytirilib, vazifalar qayta taqsimlandi


June 20, 2022

blog-details-img

    Prezidentning "Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori bilan vazirlik Markaziy apparati kengaytirilib, vazifalar qayta taqsimlandi. Jumladan:

    Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining professional ta`limni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimi kiritildi;

    Professional ta`lim-o`quv metodik muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi negizida Professional ta`lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish Departamenti tashkil etildi.


Mazkur Departamentda 30 shtat birligidagi 4 ta Boshqarma faoliyati yo`lga qo`yildi.


Shuningdek, vazirlik huzuridagi:

Ma`naviyat va ma`rifat markazi — Talaba va o`quvchilarning ma`naviy yuksalishiga ko`maklashish markazi;

Ta`lim muassasalarida elektron ta`limni joriy etish markazi — Raqamli ta`lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi deb qayta nomlandi.