ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!! 2022/2023 o`quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi


June 16, 2022

blog-details-img

Prezidentning "Davlat oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to`g`risida"gi qaroriga muvofiq “2022/2023 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to`g`risida”gi Farmoyishi qabul qilindi.


Unga ko`ra o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari umumiy kvotasi 121 395 nafar etib belgilandi.


BAKALAVRIAT – 110 707 nafar:

kunduzgi ta`lim shakliga – 77 477 nafar;

sirtqi ta`lim shakliga – 26 095 nafar nafar;

kechki ta`lim shakliga – 3 725 nafar;

masofaviy ta`lim shakliga – 3 410 nafar;


MAGISTRATURA – 10 688 nafar.


Shuningdek, moliyaviy mustaqillik berilgan 36 ta davlat oliy ta`lim muassasalari to`lov-kontrakt bo`yicha yana 50 mingdan ortiq qabul parametrlari Kuzatuv kengashlari qarori bilan tasdiqlanishi rejalashtirilgan. Natijada joriy o`quv yilida qabul parametrlari o`tgan yilga nisbatan oshadi.