Akademik litsey va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari diqqatiga! IBRO-2025 olimpiadasiga start berildi!

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi hamkorligida matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi (IBRO-2025) tashkil etilmoqda. Olimpiada testbor.uz ta’lim platformasida 3 bosqichda bo‘lib o‘tib, birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan jami 18 nafar oʻquvchi uchun AKITA va Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetlariga 100 foiz grant ajratiladi. Birinchi bosqich (tuman) — onlayn tarzda 1–7-aprel kunlari tashkil etiladi. Birinchi bosqichda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish, qatnashish va natijalarni aniqlash testbor.uz taʼlim platformasi orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida 13–20-may kunlarida onlayn tarzda oʻtkaziladi. Yakuniy tanlovda ishtirok etish uchun ikkinchi bosqichda har bir hudud kesimida 1–5-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar saralab olinadi. Uchinchi bosqich – Final bosqichi – 2–8-sinf oʻquvchilari uchun onlayn shaklda oʻtkaziladi. 10-11-sinf oʻquvchilari uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti binosida oʻtkaziladi. Eng faol ishtirok etib yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan maktab jamoasiga esa “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan bosh sovrin - BYD Chazor avtomobili topshiriladi. Har bir fan kesimida yuqori 10 talik oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarning ustozlari ham taqdirlanadi. Olimpiadada ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: testbor.uz
February 15, 2025

O'zbekiston Milliy Axborot Agentligi bilan IT ta'lim bo'yicha tanqidiy va ochiq tarzdagi muloqot!

IT sohasida mahalliy va xalqaro mehnat bozorida talab qay darajada? Maktablarda informatika darslari qanday tashkil etilmoqda? IT sohasida ish beruvchilarning nomzodlarga talablari qanday? Dasturchi bo'lish uchun qanday ko'nikmalar kerak? Ta'limda amalga oshirilayotgan islohotlar va boshqa masalalarga mutaxassislarning javobi bilan tanishing: Batafsil videoda.
February 15, 2025

Sun’iy intellekt, robototexnika, dron, kiberxavfsizlik kabi ixtirochilik yo‘nalishlarida “Oliygoh kubogi” o‘tkaziladi

Bugungi kunda fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika, bir so‘z bilan aytganda, STEM fanlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Olmazor tumanida 10 ta maktabda muhandislik laboratoriyalari tashkil qilindi. Bugun ushbu labaratoriyalarda 2 ming o‘quvchi robototexnika va ilg‘or texnologiyalarni o‘rganmoqda. Barcha tumanlar hokimlariga bu tajribani o‘rganib, ommalashtirish, o‘z hududida 5 tadan maktabni shunday laboratoriyalar bilan jihozlash topshirildi. Toshkent davlat texnika, axborot texnologiyalari, kimyo-texnologiya, Turin, Inxa kabi 36 ta texnika oliygohi rektorlari sun’iy intellekt, robototexnika, dron, kiberxavfsizlik kabi ixtirochilik yo‘nalishlarida "Oliygoh kubogi"ni e’lon qiladi. Eng yaxshi startap loyihalari tijoratlashtiriladi. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik olimpiadalari va tanlovlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. G‘olib bo‘lgan bitiruvchi yoshlar texnika oliygohlariga grant asosida o‘qishga kiradi.
February 14, 2025

Joriy yil IT sohasi eksportini 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bunda asosiy kuch, albatta, yoshlar ekani ta’kidlandi.

“Bir million dasturchi” loyihasiga qo‘shimcha 300 ming yoshlar jalb etiladi. “Coursera” platformasida 3 mingdan ortiq kurslarda sun’iy intellekt yordamida yoshlar uchun o‘zbek tilida ta’lim olish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu yil “Muhammad Xorazmiy vorislari” loyihasi Qoraqalpog‘istonda ham joriy etilib, yana 1 ming nafar yoshlar qamrab olinadi. Birlashgan Arab Amirliklari bilan O‘zbekistonda “Bir million sun’iy intellekt foydalanuvchilari” loyihasini amalga oshirishga kelishilgan. Raqamli texnologiyalar vazirligiga bu boradagi ishlarni boshlash topshirildi. O‘tgan yili 25 ming nafar qizlar IT bo‘yicha bepul o‘qitildi. Bu yil dasturchi qizlar soni 2 barobar oshirilishi reja qilindi. 1 ming nafar iqtidorli qizlar IT oromgohlarida xalqaro olimpiadalarga tayyorlanadi. Yoshlarning qiziqish va ehtiyojlarini barvaqt aniqlashda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, salohiyatini monetizatsiya qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarga jalb etish muhimligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga raqamli ijtimoiy ekotizimni joriy etish bo‘yi
February 14, 2025

Speaklish – O‘zbekistonda ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha innovatsion platforma CNN e’tiborida

💻 Speaklish – O‘zbekistonda ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha innovatsion platforma CNN e’tiborida O‘zbekistonda ingliz tilini o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirayotgan Speaklish platformasi global e’tiborni qozonmoqda. CNN’ning “Marketplace Central Asia” dasturi doirasida yoritilgan loyihaning hozirda 50 mingdan ortiq foydalanuvchisi bor. 💡Speaklish vakillari ta’kidlashicha, loyiha Microsoft va Google kabi yirik kompaniyalarning startap grantlarini qo‘lga kiritgan. Platforma sun’iy intellekt yordamida foydalanuvchilarga til o‘rganish jarayonini yanada interaktiv va samarali qilishga yordam beradi. ❗️Speaklish’ning mahsulotlar bo‘yicha bosh menejeri Jasmina Anorova intervyusida startapning maqsadi til o‘rganishni osonlashtirish va uni har bir inson uchun qulay qilish ekanini ta’kidladi. Kelajakda Speaklish xalqaro bozorga chiqishni rejalashtirib, foydalanuvchilar sonini yanada oshirishga harakat qilmoqda. O‘zbekistonda texnologik startaplar rivojlanishda davom etayotgan bir paytda, Speaklish kabi loyihalar mamlakatning raqamli sohada yuksalishiga katta hissa qo‘shmoqda. To'liq video
February 13, 2025

Talabalarning raqamli davlat xizmatlaridan foydalanish ko’nikmalari oshirilmoqda

📱 Joriy yilning 11-fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqotlar universiteti talabalari uchun “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish tartibi, imkoniyatlari va afzalliklari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. 🧑‍💻 O’quv-mashg’uloti davomida talaba-yoshlarga my.gov.uz portali orqali ko’rsatilayotgan ommabop raqamli xizmatlar hamda ulardan foydalanish tartiblari tushuntirildi. Shuningdek, Yagona portal orqali ariza yo’llanganda pullik xizmatlarga chegirmalar mavjudligi haqida ma’lumot berildi. 📱Seminar davomida Yagona portalning MyGov mobil ilovasi qulayliklari ham sanab o’tildi hamda talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.
February 12, 2025

Yoshlar orasida kibersport ommalashmoqda

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida yoshlar o‘rtasida kibersportni rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi Bobur Rahimov, shuningdek, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari ishtirok etdi. Seminar davomida kibersportning ta’lim va texnologiyalar bilan integratsiyasi, uning yoshlar rivojiga ta’siri hamda sohaga oid kelajakdagi istiqbollar muhokama qilindi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kibersport nafaqat o‘yin, balki tezkor fikrlash, jamoaviy ish va strategik qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mazkur seminar kibersportni ommalashtirish, yoshlarni zamonaviy texnologiyalar orqali rivojlantirish va ularning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bildirildi.
February 11, 2025

O'zbekistonni Markaziy Osiyo IT habiga aylantirishda IT ta'limnining o'rn

"O'zbekiston24" telekanali bilan hamkorlikda O'zbekistonni Markaziy Osiyo IT habiga aylantirishda IT ta'limnining o'rni xususisda maxsus reportaj tayyorlandi. Unda: ✅ uzbekcoders.uz platformasidagi IT bozor tahlili; ✅ school21 - O'zbekistonda bepul raqamli texnologiyalar maktabi; ✅ Maab academy O’zbekistonda BI yo’nalishida birinchi akademiya faoliyati haqida batafsil to'xatalindi. To'liq video
February 10, 2025

IT, moliyaviy xizmatlar, turizm, aviatsiya, ta’lim va tibbiyot sohalarida “katta sakrash” bo‘ldi – Prezident

IT, moliyaviy xizmatlar, turizm, aviatsiya, ta’lim va tibbiyot sohalarida “katta sakrash” bo‘ldi – Prezident Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Uch yil oldin qabul qilingan xizmatlar sektorini rivojlantirish bo‘yicha katta dastur bugun natijasini berayotgani ta’kidlandi. Qo‘shimcha 1,5 million aholi servis sohasida doimiy daromadga ega bo‘ldi. Xizmatlar 2018-yildagi 19 milliarddan 65 milliard dollarga oshdi (o‘sish – 3,5 barobar). Ayniqsa, IT, moliyaviy xizmatlar, turizm, aviatsiya, ta’lim va tibbiyot sohalarida “katta sakrash” bo‘ldi. So‘nggi yetti yilda aholi daromadi va to‘lov qobiliyati 2 karra o‘sgani natijasida aholida yangicha xizmat va servis turlariga talab ortmoqda. Shunga yarasha vazirlar va hokimlar talabga mos ravishda xizmatlarni rivojlantirishi kerakligi qayd etildi.
February 07, 2025