Talabalarning raqamli davlat xizmatlaridan foydalanish ko’nikmalari oshirilmoqda


February 12, 2025

blog-details-img
📱 Joriy yilning 11-fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqotlar universiteti talabalari uchun “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish tartibi, imkoniyatlari va afzalliklari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

🧑‍💻 O’quv-mashg’uloti davomida talaba-yoshlarga my.gov.uz portali orqali ko’rsatilayotgan ommabop raqamli xizmatlar hamda ulardan foydalanish tartiblari tushuntirildi. Shuningdek, Yagona portal orqali ariza yo’llanganda pullik xizmatlarga chegirmalar mavjudligi haqida ma’lumot berildi.

📱Seminar davomida Yagona portalning MyGov mobil ilovasi qulayliklari ham sanab o’tildi hamda talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.