Batafsil
Yoshlar orasida kibersport ommalashmoqda
February 11, 2025

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida yoshlar o‘rtasida kibersportni rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi Bobur Rahimov, shuningdek, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari ishtirok etdi.
Seminar davomida kibersportning ta’lim va texnologiyalar bilan integratsiyasi, uning yoshlar rivojiga ta’siri hamda sohaga oid kelajakdagi istiqbollar muhokama qilindi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kibersport nafaqat o‘yin, balki tezkor fikrlash, jamoaviy ish va strategik qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, mazkur seminar kibersportni ommalashtirish, yoshlarni zamonaviy texnologiyalar orqali rivojlantirish va ularning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bildirildi.