Prezident davlat stipendiyalariga talabgorlar o`rtasida saralash tanlovi o`tkaziladi


December 25, 2024

blog-details-img
Respublika oliy ta`lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarda ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug`ullanayotgan, salmoqli natijalarga erishgan 2-bosqich tayanch doktorantlarni (PhD) qo`llab-quvvatlash va munosib rag`batlantirish maqsadida 2024-yilning 27-dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalariga talabgorlar o`rtasida saralash tanlovi tashkil etiladi.

Tanlov quyidagi yo`nalishlar bo`yicha o`tkazilishi belgilangan:

✅Tabiiy va aniq fanlar (3 ta kvota)
✅Ijtimoiy-gumanitar fanlar (3 ta kvota)
✅Texnika va texnologiya (2 ta kvota)
✅Sog`liqni saqlash (1 ta kvota)
✅Qishloq xo`jaligi (1 ta kvota).

2024-yilning 1-31-oktyabr kunlari stipendiya.edu.uz portali orqali 72 ta xujjat kelib tushdi. Shundan 68 nafar talabgor hujjati qabul qilindi. 

Talabgorlar 17 dekabr kuni axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, O`zbekiston tarixi bo`yicha maxsus test sinovlarini topshirdi. Test sinovlarida 68 nafar nomzoddan 64 nafari ishtirok etdi.