Batafsil
RASMІY MUNOSABAT Magistraturaga ariza topshirish platformasi faoliyati yuzasidan
July 08, 2025

Ijtimoiy tarmoqlarda magistraturaga hujjat topshirish uchun mo‘ljallangan sayt ishlamagani haqida bildirilgan fikrlar yuzasidan Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Amaldagi tartibga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga hujjatlar har yili 1—30-iyul oralig‘ida qabul qilinadi.
Joriy yilda 7-iyul sanasidan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining my.edu.uz platformasi orqali abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinishi boshlanib, 30-iyulga qadar davom etdi.
Mazkur davr mobaynida platformaning ishlashida hech qanday tizimli uzilishlar kuzatilmadi. Ariza topshirish jarayoni belgilangan muddatlarda muammosiz yakunlandi.
Markaz ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan yoki noto‘liq ma’lumotlarga tayangan holda xulosa chiqarilmasligini so‘raydi va barcha murojaatlarni ochiqlik va aniqlik tamoyillari asosida ko‘rib chiqishga doimo tayyorligini bildiradi.