#Qabul2025 #Akademiklitsey


June 10, 2025

blog-details-img
🖥 2025/2026 oʻquv yili uchun akademik litseylarga hujjatlar joriy yilning 10-iyun sanasidan boshlab my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

🎓Akademik litseylarda:
✅ Aniq fanlar;
✅ Tabiiy fanlar;
✅ Xorijiy tillar;
✅ Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olishingiz mumkin.


❗ Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:
➡️ Oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi;
➡️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

🗓 Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

🌟 O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat mavjud boʻlsa, arizaga ilova qilishingiz mumkin.

ℹ️ Shuningdek, qabulga oid barcha ma’lumotlarni my.edu.uz yagona ta’lim xizmatlari portalining Akademik litseyga qabul bo’limidan olishingiz mumkin.

Raqamli ta'lim markazining rasmiy kanallariga obuna bo'ling!

Telegram: @raqamli_talim_markazi
Instagram: @raqamli_talim_markazi
Facebook: @raqamlitalimmarkazi