Farg‘onada 3 ta universitet qayta tashkil etiladi


January 29, 2025

blog-details-img
“Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-26-son, 24.01.2025-y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, quyidagi universitetlar qayta tashkil etiladi:

🏛 Farg‘ona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti;

🏛 Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali negizida Qo‘qon davlat universiteti;

🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialini qo‘shib yuborish yo‘li bilan Farg‘ona davlat universiteti.

🗓 2025/2026-o‘quv yilidan:

➡️mazkur universitetlarning malaka talablari va o‘quv dasturlari yuqori 300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining dasturlari asosida ishla

b chiqiladi; ➡️iqtidorli talabalar uchun darslar xorijiy tillarda o‘qitiladigan alohida guruhlarda tashkil etiladi;

➡️Farg‘ona davlat texnika universitetida Ilg‘or muhandislik maktabi va “spin-off” korxonalari faoliyati tashkil etiladi hamda yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.

🎓Tugatilayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini yangidan tashkil etilgan tegishli universitetlarda davom ettiradi.