2-MART — OʻZBEKISTON BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTIGA AʼZO BOʻLGAN KUN


March 02, 2022

blog-details-img
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin koʻp oʻtmay 1992-yil 2-martda BMTga aʼzo boʻldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarildi. Ma'lumot o'rnida: 1993-yil BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi. BMTda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti — YUNESKOga ham aʼzo boʻldi.