OLIY TAʼLIM TIZIMIDA ILM-FAN VA INNOVATSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI MAVZUSIDA KENGAYTIRILGAN HAYʼAT MAJLISI


March 14, 2022

blog-details-img
Bugun, 14 mart soat 16:00 da Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vaziri Аbduqodir Toshqulov rahbarligida oliy taʼlim tizimida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning dolzarb masalalariga bagʼishlangan navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat yigʼilishi oʼtkaziladi. Unda: Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish hamda Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyalarida belgilangan vazifalar ijrosi; OTMning ilmiy salohiyatini oshirish boʼyicha amalga oshirilgan ishlar; OTMda dissertatsiya himoyalari koʼrsatkichi; doktorantura sohasida olib borilgan ishlar; ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyati; ilmiy jurnallarni “Scopus” bazasiga kiritish; ilmiy loyihalar va boshqa turli masalalar muhokama qilinadi. Yigʼilishda OTM rektor va filial direktorlari, prorektorlar, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar boʼlimi (boshqarma) boshliqlari, fakulьtet dekanlari, kafedra mudirlari ishtirok etadi.