NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA TALABALARGA QOʻSHIMCHA IMKONIYATLAR YARATILMOQDA
March 13, 2022
Xabaringiz bor, vazir Abduqodir Toshqulov Qoraqalpogʻiston Respublikasiga xizmat safari davomida oliy taʼlim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishgan edi.
Shu jumladan, vazir Nukus davlat pedagogika institutida boʻlib, yoshlarning mutolaa madaniyatini oshirish maqsadida axborot-resurs markazini dunyoga mashhur adabiyotlar bilan boyitish boʻyicha topshiriqlar bergan edi.
Ushbu topshiriqning amaliy natijasi oʻlaroq, institut ARM fondi inson hayotiga kerak boʻladigan 100 ta kitob va Nobel mukofotiga tavsiya qilish uchun adabiyotlar roʻyxatidan joy olgan 214 nomdagi 1500 dan ortiq adabiy kitoblar bilan boyitildi.
Қарақалпақша